«Men Italiyada besh yil o'tkazdim. Bu mamlakat taktikaga va himoyadagi o'yinga e'tibor qaratishi bilan mashhur. Shu nuqtai nazardan, bu professional o'sish uchun eng yaxshi joy. Men «Sassuolo» va «Yuventus»da juda ko'p narsani o'rgandim.
Menga eng yaxshi futbolchilardan o'rganish nasib etdi. Birinchi navbatda, bular Bonuchchi va Kellini. Shuningdek, yonimda Matich va Jey Idzes bor edi. Atrofimda o'sishimga yordam bergan ko'plab insonlar bo'ldi. Garchi menga yaxshilikni ravo ko'rmaganlar ham uchragan bo'lsa-da. Oxir-oqibat, men eng kuchli himoyachilardan biriga aylanishni istayman. Men Italiyada menga yordam qo'lini cho'zgan har bir insondan minnatdorman.
«Yuventus» meni sotib yubordi, bu ularning qarori edi va men bunga hech qanday ta'sir o'tkaza olmasdim. Ammo hozirda men «Lids»da va Premer-ligada baxtliman, aynan shu yerda ekanligimdan xursandman. «Sassuolo»ga men uchun qilgan ishlari uchun minnatdorman.
Barcha e'tiborim bugungi kundagi vazifalarga qaratilgan. Karyeramning ilk yillarini unutmoqchiman. Men «Lids»ga kimligimni ko'rsatish uchun keldim».
Tarik Muharemovich Janluka Di Martsio bilan suhbatda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!