#Janluka Di Marsio — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Nikolo Fortini «Torino»ga o'tishi mumkin
АS ROMA ↗ Transfer

Nikolo Fortini «Torino»ga o'tishi mumkin

Nikolo Fortinining «Torino»ga o'tishi Alessio Kachchamanining «Roma»ga transferiga yo'l ochishi mumkin. Tafsilotlar Matteo Moretto va Janluka Di Marsio xabarlarida.

Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Hull City» va «Torino» «Fiorentina»ning Fortini bo'yicha talablarini qondirdi hamda futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qildi.

«Fiorentina» futbolchisi atrofidagi vaziyat Alessio Kachchamani bilan bevosita bog'liq bo'lishi mumkin: Fortinining «Torino»ga o'tishi yosh futbolchi borasida «Torino» va «Roma» o'rtasidagi muzokaralarga ta'sir ko'rsatishi ehtimoli bor.

Janluka Di Marsio ma'lumotiga ko'ra, «Torino» Nikolo Fortini transferi bo'yicha «Fiorentina» bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Himoyachi avval «Fiorentina» bilan shartnomasini uzaytiradi, shundan so'ng ijara asosida «Torino» safiga o'tadi.

Artur va "Yuventus" shartnomani bekor qilishga yaqin turibdi

Artur va "Yuventus" shartnomani bekor qilishga yaqin turibdi

Fabrisio Romano va Di Marsio xabariga ko'ra, Artur va "Yuventus" shartnomani o'zaro kelishuv asosida bekor qilishga yaqin turibdi.

Artur va "Yuventus" o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilish sari harakat qilmoqda ‼️

Fabrisio Romano va Di Marsio xabariga ko'ra, tomonlar hamkorlikni yakunlash bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Roma Kachchamani uchun yangi taklif tayyorlamoqda
АS ROMA ↗ Transfer

Roma Kachchamani uchun yangi taklif tayyorlamoqda

Jankluka Di Marsio xabariga ko'ra, Roma Kachchamani transferi bo'yicha Torino klubiga yangi moliyaviy taklif yuborishga tayyorlanmoqda.

Jankluka Di Marsio xabariga ko'ra, Roma klubi Kachchamani transferi bo'yicha yangi moliyaviy taklifni bugun yoki ertaga taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu qadam dastlabki muzokaralar davomida Torino bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.

Maqsad — Torino talab qilayotgan narxga yaqinlashish va klub prezidenti Urbano Kaironi yosh iqtidorli futbolchini sotishga ko'ndirishdan iborat.

O'ng ustun yangiliklari

Napoli Nikolas Jekson bilan bog'landi

Napoli Nikolas Jekson bilan bog'landi

Napoli Nikolas Jeksonning vakillari bilan aloqaga chiqdi. Biroq, klub yangi hujumchi xarid qilishdan avval o'z futbolchilarini sotishi lozim.

So'nggi soatlarda Napoli Nikolas Jeksonning vakillari bilan bog'landi.

Biroq, neapolliklar yangi hujumchini tarkibga qo'shib olishdan avval, avvalo o'z futbolchilarini sotishlari kerak.

Yosip Shutalo «Latsio»ga o'tishi mumkin
Eredivisie ↗ Transfer

Yosip Shutalo «Latsio»ga o'tishi mumkin

«Ayaks» himoyachisi Yosip Shutalo «Latsio»ga o'tishi mumkin. Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, tomonlar ijara shartnomasi bo'yicha muzokaralarni yakunlamoqda.

«Ayaks» 26 yoshli himoyachi Yosip Shutalo bilan xayrlashishga yaqin turibdi. Xorvatiyalik futbolchi faoliyatini «Latsio» safida davom ettirishi mumkin.

Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, Italiya klubi himoyachi bilan kelishuvga erishish arafasida. Gap futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish haqida ketmoqda.

Kristofer Nkunku «Milan»dan ketishi mumkin
АS ROMA ↗ Transfer

Kristofer Nkunku «Milan»dan ketishi mumkin

Kristofer Nkunku «Milan» rejalariga kirmayapti. Futbolchiga «Roma» qiziqish bildirmoqda.

Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, fransiyalik hujumchi Kristofer Nkunku «Milan» transfer ro'yxatiga qo'yilgan va u bosh murabbiy Amorimning rejalariga kirmaydi.

O'tgan yilning yanvar oyida «Roma» nishonida bo'lgan futbolchi yana «jallorossi» diqqat markaziga tushishi mumkin. Bu «Roma»ning yangi hujumkor vinger izlashdagi qiyinchiliklari bilan bog'liq. Nkunku va «Milan» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2030-yilga qadar mo'ljallangan.

Jovanni Di Lorenso Napoli bilan shartnomasini uzaytiradi
Forza Napoli ↗ Transfer

Jovanni Di Lorenso Napoli bilan shartnomasini uzaytiradi

Napoli sardori Jovanni Di Lorenso klub bilan shartnomasini 2030-yilga qadar uzaytiradi. Bu haqda taniqli jurnalistlar xabar bermoqda.

⚡️ Napoli va Jovanni Di Lorenso shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi.

🔊 Bu haqda transfer bozorini yoritib borayotgan italiyalik jurnalistlar Janluka Di Marsio va Fabrisio Romano xabar bermoqda.

🔷 Jamoa sardori klubda 2030-yilga qadar qoladi.

Atalanta Tomas Kristensen transferi ustida ishlamoqda
Богиня ↗ Transfer

Atalanta Tomas Kristensen transferi ustida ishlamoqda

Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, Atalanta Udineze himoyachisi Tomas Kristensen transferi ustida ishlamoqda.

📰 Janluka Di Marsio xabariga ko'ra:

Atalanta Udineze himoyachisi Tomas Kristensen transferi ustida ishlamoqda.

🤑 Bergamo klubi 24 yoshli daniyalik futbolchi uchun 20 million yevro taklif qilishga tayyor, Udineze esa uni 25 million yevroga baholamoqda.

🤝 Hozirda tomonlar o'rtadagi narx farqini qoplash uchun bonuslar tizimini muhokama qilishmoqda.

👀 Atalanta qiziqish bildirayotgan futbolchilar ro'yxatida Jan-Kler Todibo ham bor, biroq uning transferi faqat jamoaning amaldagi markaziy himoyachilaridan biri ketgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.