Xuan Kabal "Jenoa" bilan o'yindan keyingi qiyinchiliklar, "Napoli"ga qarshi bahs va "Yuventus"da qolish istagi haqida gapirdi.
🗣 Xuan Kabal: «"Jenoa"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hafta og'ir o'tdi. Ammo biz aynan shu o'yindan boshlab hammasini yangidan boshlashimiz kerakligini tushunib turgandik. Biz yig'inga yo'l oldik — bu juda yordam berdi. Umid qilamanki, bunday holat boshqa takrorlanmaydi, lekin bunda ijobiy jihat ham bor edi. Endi hammasini toza varaqdan boshlayapmiz: barchasini to'g'ri bajarishimiz va maydonda oxirigacha bor kuchimizni berishimiz kerak. Bu hafta jamoa juda intensiv mashg'ulot o'tkazdi. Ammo, aytganimdek, bu ijobiy yo'lning boshlanishi xolos.
Ikkinchi bo'limda birinchisiga qaraganda yaxshiroq o'ynadikmi? Ha, nazarimda, biz har ikkala bo'limni ham yaxshi o'tkazdik. Bor kuchimizni berdik. "Napoli" kuchli jamoa ekanligini va birinchi bo'limda o'yin yopiq bo'lishini bilardik. Keyin esa faolroq harakat qilib, oldinga o'tishga va ko'proq bosim o'tkazishga intildik.
Umid qilamanki, bundan keyin ham jamoaga bor kuchimni beraman. Menga qancha vaqt berilishidan qat'i nazar — hatto besh yoki o'n daqiqa maydonga tushsam ham, jamoa uchun borimni berishni istayman. Ketishim mumkinligi haqida gap-so'zlar bo'ldi, lekin men doimo faqat "Yuventus" haqida o'ylaganman va shu yerda qolishni xohlaganman.
Yuventus himoyachisi Xuan Kabal mashg'ulotda jarohat oldi. Tibbiy tekshiruvlar futbolchi taxminan 4 hafta safdan chiqqanini ko'rsatdi.
🏥 Xuan Kabal kechagi mashg'ulotda yuzaga kelgan mushaklardagi muammo sababli bugun ertalab JMedical klinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Instrumental tekshiruvlar chap sonning yarim payli mushagida yengil darajadagi jarohatni aniqladi.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi taxminan 4 hafta davomida maydonga tusha olmaydi ⌛️
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Nikolas Tagliafiko «Yuventus» bilan shaxsiy shartlarni kelishib oldi. Transfer Xuan Kabalning ketishiga bog'liq.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, 🚨 «Yuventus» bugun kechqurun Nikolas Tagliafiko bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Agar Xuan Kabal transfer oynasi yopilgunga qadar «Yuventus»ni tark etsa — hozirda «Atalanta» uning transferi bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda, — Tagliafiko Turin klubiga o'tishi mumkin.
Huan Kabal o'yin amaliyotini oshirish uchun "Yuventus"dan ijaraga ketishi mumkin. "Bolonya" asosiy da'vogarlardan biri.
Huan Kabal ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Yuventus"ni ijaraga tark etishi mumkin 📝
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Bolonya" futbolchi uchun mantiqiy variant hisoblanadi, biroq "byankonerilar" dastlab boshqa takliflarni ham ko'rib chiqmoqchi.
Romeo Agresti «Yuventus»ning yozgi transfer rejalari haqida gapirdi. Turinliklar kamida 3 ta yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Romeo Agresti xabariga ko'ra, «Yuventus» yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda:
«Men darvozabon, himoyachi va hujumchi kelishini kutyapman. Agar tarkibdan ketadiganlar bo'lsa, yarim himoyachi ham kelishi mumkin. Kabal jamoani tark etsa, chap qanot himoyachisi ham kerak bo'ladi. Shu tariqa, kamida 3 ta kafolatlangan transfer amalga oshiriladi, ammo ketishlar hisobiga bu raqam 5 tagacha yetishi mumkin».
Roma Xuan Kabalni o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo Yuventus avval unga o'rinbosar topishni rejalashtirmoqda.
Roma chap qanot himoyachisi Xuan Kabalni o'z safiga qo'shib olishga urinishda davom etmoqda. So'nggi soatlarda kolumbiyalik futbolchiga Bolonya va Atalanta ham qiziqish bildirgan, ammo Matteo Moretto xabariga ko'ra, futbolchining o'zi Roma safiga o'tishga moyilroq.
Shunga qaramay, asosiy muammo Yuventus pozitsiyasi bo'lib qolmoqda: klub Kabalning ketishiga ruxsat berishdan oldin unga o'rinbosar topmoqchi. Nomzodlar qatorida Nikolas Talyafiko ko'rib chiqilmoqda, garchi mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Madridning Atletiko klubi ham qiziqish bildirayotgani sababli bu variant murakkablashgan.
Yuzaga kelgan vaziyatda Roma kutish pozitsiyasini egallagan va voqealar rivojini kuzatmoqda: Kabal transferga tayyor, ammo barchasi Yuventus qachon yashil chiroq yoqishiga bog'liq.
Roma Xuan Kabal uchun kurashga qo'shildi. Futbolchi transfer variantlariga ochiq, Atalanta esa hali ham o'yinchidan javob kutmoqda.
Roma klubi Xuan Kabal uchun kurashga juda faol tarzda kirishdi va futbolchining o'zi ham ushbu variantga ochiq.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, bu kutilmagan holat, chunki Atalanta bir necha kundirki futbolchidan javob kutayotgan edi, ammo o'yinchi rozilik bermayotgandi. Endi esa muzokaralarga jallorossilar ham kirishdi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Yuventus» Nikolas Tagliafikoni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, 🚨 «Yuventus» transfer oynasining so'nggi kunida Nikolas Tagliafiko bilan ehtimoliy transfer bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib bormoqda.
Nikolas klubga «Yuventus»ga o'tish variantini ko'rib chiqishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Bitim Xuan Kabalning ketishiga bog'liq, unga «Atalanta» faol qiziqish bildirmoqda.
Bolonya Kabalni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Yuventus esa majburiy sotib olish shartini talab qilmoqda.
Bolonya ayni damda Kabal masalasida juda ehtiyotkor bo'lib, uni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Yuventus majburiy sotib olish shartini taklif qilmoqda, ammo Bolonya ro'yxatida yana 2-3 nafar nomzod bor.
Shu sababli ularning mantiqi quyidagicha: agar siz uni sotib olish huquqi bilan ijaraga bersangiz, biz maosh masalasida harakat qilamiz, chunki u 1,3-1,4 million yevro oladi va bu umuman kam maosh emas 💰