🗣 Xuan Kabal: «"Jenoa"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hafta og'ir o'tdi. Ammo biz aynan shu o'yindan boshlab hammasini yangidan boshlashimiz kerakligini tushunib turgandik. Biz yig'inga yo'l oldik — bu juda yordam berdi. Umid qilamanki, bunday holat boshqa takrorlanmaydi, lekin bunda ijobiy jihat ham bor edi. Endi hammasini toza varaqdan boshlayapmiz: barchasini to'g'ri bajarishimiz va maydonda oxirigacha bor kuchimizni berishimiz kerak. Bu hafta jamoa juda intensiv mashg'ulot o'tkazdi. Ammo, aytganimdek, bu ijobiy yo'lning boshlanishi xolos.
Ikkinchi bo'limda birinchisiga qaraganda yaxshiroq o'ynadikmi? Ha, nazarimda, biz har ikkala bo'limni ham yaxshi o'tkazdik. Bor kuchimizni berdik. "Napoli" kuchli jamoa ekanligini va birinchi bo'limda o'yin yopiq bo'lishini bilardik. Keyin esa faolroq harakat qilib, oldinga o'tishga va ko'proq bosim o'tkazishga intildik.
Umid qilamanki, bundan keyin ham jamoaga bor kuchimni beraman. Menga qancha vaqt berilishidan qat'i nazar — hatto besh yoki o'n daqiqa maydonga tushsam ham, jamoa uchun borimni berishni istayman. Ketishim mumkinligi haqida gap-so'zlar bo'ldi, lekin men doimo faqat "Yuventus" haqida o'ylaganman va shu yerda qolishni xohlaganman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!