Alaybegovich «Yuventus»da asosiy tarkib uchun kurashishi kerak
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Alaybegovich «Yuventus»da asosiy tarkibga kirish uchun Yildiz va Makkenni bilan raqobatlashishi kerak.
Alaybegovich asosiy tarkibdan joy olish uchun qattiq ishlashiga to'g'ri keladi. Bu qaysi pozitsiyada o'ynashidan qat'i nazar: chap qanot vingeri yoki hujumkor yarim himoyachi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, hozirgi vaqtda Spaletti ushbu pozitsiyalarda Yildiz va Makkenniga ko'proq ishonch bildirmoqda.