Luciano Spalletti matbuot anjumanining ikkinchi qismida quyidagilarni ta'kidladi:
🗣 «Karnevali hammasini to'g'ri aytdi — kerakli so'zlarni topdi va klubning barcha xodimlari hamda hozir bo'lganlarning e'tiborini torta oldi. U juda aniq gapirdi.
Ishlar yomon ketayotganda, yondashuvni o'zgartirish kerak. Agar hamma narsani avvalgidek qilaversangiz, o'sha natijani olasiz. Ba'zan sur'atni o'zgartirish talab etiladi: o'sha yo'lni bosib o'tish, lekin endi uni yurib emas, yugurib o'tish kerak. Yoki avvallari qo'shiq aytib borgan bo'lsak, endi jimlikda o'tish lozim».
Klubning ishonchini his qilyapmanmi? Savol biroz provokatsion, lekin ha — ishonchni his qilyapman. Menga balandparvoz so'zlar yoki nutqlar kerak emas. Faoliyatim davomida ko'plab nihoyatda murakkab davrlarni boshdan kechirganman. Hozir menga faqat bitta narsa kerak — jamoaning munosabatini topish. Men o'yinchilardan imkonsiz narsani talab qilmayapman, balki ularning qo'lidan keladigan narsani so'rayapman. Men g'alaba qozonishni istayman. Agar kimdir men o'z vazifalarimdan bir oz bo'lsa-da chekinmoqchi deb o'ylasa, undan boshqacha narsani kutishi kerak — natijalar qanday bo'lishidan qat'i nazar».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!