#Teun Koopmeiners — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Juventus muxlislariga murojaat: murabbiyni iste'foga chiqarishga shoshilmang

Juventus muxlislariga murojaat: murabbiyni iste'foga chiqarishga shoshilmang

Juventus muxlislarining murabbiyga nisbatan tanqidlariga kanal munosabati: jamoadagi kadrlar muammosi va tig'iz taqvim haqida.

Shekilli, bugun chatdagi ko'pchilik qo'shnisi bilan qimmat viski tikib, «Yuventus» «Kalyari»ni yutadi deb garov o'ynagan ko'rinadi.

Izohlardagi bunchalik katta norozilikni boshqacha izohlab bo'lmaydi.

Amaldagi chempion «Inter» «Kalyari»ga qarshi bahsda 3,6 xG yaratgan bo'lsa-da, atigi bitta gol urdi (1:1). Bunda ham o'yin oxirida g'alabani boy berib qo'yishlari mumkin edi.

Kaprile ularga qarshi o'yinda ham qoyilmaqom harakat qilgandi, hozir ham har o'yinda bir-ikki seyv amalga oshirmoqda.

Murabbiyda markaziy yarim himoyada Koopmeynersdan boshqa rotatsiya imkoniyati yo'qligini, aksariyat futbolchilar esa terma jamoalar yig'inidan endigina qaytganini hisobga olmayapman.

J. Medical'da asosiy tarkib o'yinchilari (Tyuram, Yildiz, Lokatelli, Milik) navbatda turganini va 3 kundan keyin yana safar o'yini kutib turganini aytmayapman.

Qanaqasiga murabbiyni ishdan bo'shatmoqchisizlar? Sizlarga faqat bitta bahona kerak, darrov murabbiyni bo'shatish payiga tushasizlar 😏

Teun Koopmeiners «Yuventus»da o'z o'yinini topa olmayapti

Teun Koopmeiners «Yuventus»da o'z o'yinini topa olmayapti

Teun Koopmeiners «Yuventus»da kutilgan o'yinni namoyish eta olmayapti. Klub yarim himoyachini yanvarda ijaraga berish variantini ko'rib chiqishi mumkin.

Teun Koopmeiners hamon «Yuventus» uchun hal qiluvchi o'yinchiga aylana olmayapti ❌

Gap statistikada emas — u mavsumni «Parma» darvozasiga urilgan gol va «Milan»ga qarshi bahsda Gatti uchun berilgan golli uzatma bilan boshlagandi.

Biroq, agar uning o'yinida keskin sifat o'zgarishi yuz bermasa, yanvar oyida rahbariyat uning faoliyatini davom ettirishi uchun variantlar izlaydi — ehtimol, yarim yillik ijaraga ham berilishi mumkin.

📰 La Gazzetta dello Sport

O'ng ustun yangiliklari

Teun Koopmeiners Niderlandiya terma jamoasi safida gol urdi

Teun Koopmeiners Niderlandiya terma jamoasi safida gol urdi

Teun Koopmeiners Niderlandiya terma jamoasi safida jarima zarbasidan gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

🤨 Koopmeinersni darvozaga ham qo'yib ko'rish kerakmidi?

Koopmeiners 2021-yilning iyun oyidan beri Niderlandiya terma jamoasi safida jarima zarbasidan gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Teun Koopmeinersga Angliya klublaridan qiziqish bor

Teun Koopmeinersga Angliya klublaridan qiziqish bor

Teun Koopmeinersga Angliya klublaridan qiziqish bor. Alfredo Pedulla xabariga ko'ra, APL jamoalari futbolchi borasida surishtiruv ishlarini boshlagan.

Teun Koopmeinersga Angliyadan qiziqish borligi haqidagi xabarlar haqiqat, men bu ma'lumotni qayta tekshirdim.

APLning bir nechta klublari, jumladan Nyukasl allaqachon futbolchi borasida surishtiruv ishlarini boshlab yuborishgan.

Dastlabki so'rovlar aniq takliflarga aylanadimi yoki yo'q, buni vaqt ko'rsatadi 📝

Alfredo Pedulla