Juventus muxlislariga murojaat: murabbiyni iste'foga chiqarishga shoshilmang
Черным по белому ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 34

Juventus muxlislariga murojaat: murabbiyni iste'foga chiqarishga shoshilmang

Shekilli, bugun chatdagi ko'pchilik qo'shnisi bilan qimmat viski tikib, «Yuventus» «Kalyari»ni yutadi deb garov o'ynagan ko'rinadi.

Izohlardagi bunchalik katta norozilikni boshqacha izohlab bo'lmaydi.

Amaldagi chempion «Inter» «Kalyari»ga qarshi bahsda 3,6 xG yaratgan bo'lsa-da, atigi bitta gol urdi (1:1). Bunda ham o'yin oxirida g'alabani boy berib qo'yishlari mumkin edi.

Kaprile ularga qarshi o'yinda ham qoyilmaqom harakat qilgandi, hozir ham har o'yinda bir-ikki seyv amalga oshirmoqda.

Murabbiyda markaziy yarim himoyada Koopmeynersdan boshqa rotatsiya imkoniyati yo'qligini, aksariyat futbolchilar esa terma jamoalar yig'inidan endigina qaytganini hisobga olmayapman.

J. Medical'da asosiy tarkib o'yinchilari (Tyuram, Yildiz, Lokatelli, Milik) navbatda turganini va 3 kundan keyin yana safar o'yini kutib turganini aytmayapman.

Qanaqasiga murabbiyni ishdan bo'shatmoqchisizlar? Sizlarga faqat bitta bahona kerak, darrov murabbiyni bo'shatish payiga tushasizlar 😏

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!