Roma yosh vingerlar izlamoqda. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, klub Ibragim Mbayeni va Jeymi Gittensni kuzatmoqda.
"Roma" transfer oynasining hal qiluvchi bosqichida hujumkor vingerlar ro'yxatini kengaytirmoqda. Klub yosh, o'sish salohiyatiga ega, ammo o'yin taqdiriga darhol ta'sir o'tkaza oladigan darajada kuchli futbolchilarni izlamoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Toni D'Amiko PSJ vakili Ibragim Mbayeni kuzatmoqda. Iqtidorli futbolchi Parij klubini ijaraga asosida tark etishi mumkin. Shuningdek, "Chelsi" a'zosi Jeymi Gittens ham klub nishonida turibdi. Ushbu ikki variant narx va format jihatidan turlicha bo'lsa-da, ularning har ikkisi ham yosh va texnik loyihaga mos keladi deb hisoblanmoqda.
«Roma»ga chap qanotni kuchaytirish uchun «Chelsi» vingeri Jeymi Gittens taklif qilindi, ammo transfer borasida optimizm kam.
«Roma»ga chap qanot muammosini hal qilish uchun «Chelsi» hujumkor vingeri Jeymi Gittens taklif etildi.
Franchesko Baltsani TeleRadioStereoʼga bergan intervyusida maʼlum qilishicha, ingliz klubi futbolchini bir yil avval 60 million yevro atrofida sotib olganini inobatga olsak, ijara varianti koʻrib chiqilishi mumkin. Biroq, hozircha bu transfer boʻyicha optimistik qarashlar mavjud emas.
Jeymi Gittens «Chelsi»dagi maqsadlari, Xabi Alonso bilan ishlash va jamoaning chempionlik ambitsiyalari haqida gapirdi.
Jeymi Gittens «Chelsi»ning chempionlik ambitsiyalari, Morgan Rojersning transferi va Xabi Alonso haqida fikr bildirdi:
Hozir o'zimni ancha yaxshi va ishonchli his qilyapman. Jismoniy holatim to'liq tiklandi. Son mushaklarim bilan bog'liq muammolar ortda qoldi, endi mavsum boshlanishini kutyapman.
Ta'til vaqtida har kuni shug'ullandim — Portugaliya va Marbelyada. Mavsumga eng yaxshi holatda tayyorlanish uchun bor kuchimni ishga soldim.
O'tgan mavsum og'ir kechdi, chunki bu mening ilk mushak jarohatim edi. Avvallari son mushaklarim bilan hech qachon muammoga duch kelmagandim. Boshida qiyin bo'ldi, lekin hozir ahvolim yaxshi.
«Chelsi»dagi maqsadlari haqida:
Bu ulkan klub. Men bu yerda muvaffaqiyat qozonishni istayman. Odamlarga nimalarga qodirligimni ko'rsatib qo'yishim kerak. Mehnat qilishda davom etaman. O'yinimda ayrim ijobiy jihatlar ko'rina boshladi, bu mavsum men uchun omadli kelishiga ishonaman.
«Chelsi»da o'z oldimga qo'ygan shaxsiy maqsadlarim bor. Lekin ularni o'zimda saqlab qolaman. Ularni qog'ozga yozib qo'yganman. Men faqat o'z ustimda ishlayapman. Boshqalar haqida o'ylamayman. Shunchaki o'z o'yinimga e'tibor qaratib, yaxshiroq bo'lishga harakat qilyapman.
Xabi Alonso haqida:
U menga ijobiy kayfiyatda qolishni, ko'proq dribling ishlatishni, vaziyatlar yaratishni va bor kuchimni berishni aytadi. U juda yaxshi inson. Har bir futbolchi bilan alohida gaplashib, nimalarni yaxshilash kerakligini tushuntiradi. Har qanday futbolchi aynan shuni kutadi.
Unda aura bormi? Ha, biroz bor. Baribir u ajoyib futbolchi bo'lgan, endi esa top-murabbiyga aylandi. O'ylashimcha, uning o'yin uslubi menga ko'proq mos keladi. O'tgan mavsumda ham ikki qanot vingeri bilan 4-3-3 sxemasi ishlatilgandi, bu har doim yaxshi. Ko'ramiz, hammasi qanday kechadi.
U jahon darajasidagi futbolchi bo'lgan. U o'z tajribasini bizga o'rgata olishi katta plyus. U «Real», «Liverpul» safida o'ynagan, dunyo darajasidagi yarim himoyachi edi. Balki, bu pozitsiyada o'ynagan eng yaxshi futbolchilardan biri.
«Borussiya Dortmund»ning Xabi Alonsoning «Bayer»iga qarshi o'yinlari haqida:
Ularga qarshi o'ynash juda qiyin edi. Ularning tizimi... uch himoyachi. Ularda Florian Virts, Jeremi Frimpong, Pyero Inkape va Granit Jaka bor edi. Bu haqiqiy jamoa edi.
«Chelsi»ning bu mavsumdagi imkoniyatlari haqida:
Hamma juda ijobiy kayfiyatda. Biz yangi mavsumni intiqlik bilan kutyapmiz, yaxshiroq bo'lishni va muvaffaqiyatga erishishni istaymiz.
Biz hamma narsani yutmoqchimiz. Ambitsiyalarimiz shunday — Premer-liga, Angliya kubogi va umuman ishtirok etayotgan har qanday turnirda g'alaba qozonish. Morgan kabi futbolchining kelishi sovrinlar uchun kurashda darajani ko'taradi.
Chempionlik uchun «Arsenal» bilan raqobatlashish uchun bizda barcha imkoniyatlar bor. Maydonda mo'jiza ko'rsata oladigan futbolchilarimiz bor, faqat bu sa'y-harakatlarni birlashtirishimiz kerak.
Biz har kuni o'z ustimizda ishlashimiz mumkin. Haftasiga bitta o'yin o'tkazish ruhiy jihatdan oson emas — har doim ko'proq o'ynashni xohlaysiz, lekin o'ylashimcha, bizni yaxshi mavsum kutib turibdi.
"Roma" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun "Chelsi" vingeri Jeymi Gittensni ijaraga olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
"Roma" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun ko'rib chiqayotgan muqobil variantlar orasida Jeymi Gittens ham bor.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Roma" "Chelsi"ga futbolchini faqat ijara shartlari asosida so'rab murojaat qilgan. Bunga ingliz klubining futbolchini Dortmundning "Borussiya" klubidan sotib olish uchun qilgan katta investitsiyalari sabab qilib ko'rsatilmoqda.
Vinger "Chelsi"ning texnik loyihasida asosiy o'yinchi hisoblanmaydi va shu sababli Londonni tark etishi mumkin, ammo bu yo'nalish hozircha dastlabki baholash bosqichida turibdi.
Jeymi Gittens The Athletic va Daily Mail nashrlariga bergan intervyusida jarohatdan tiklanishi, «Chelsi»dagi maqsadlari va Alonso haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
The Athletic va Daily Mail nashrlariga intervyu bergan Jeymi Gittens jarohatdan tiklanish jarayoni hamda kelajagi haqida gapirdi.
Jarohatdan tiklanish haqida:
«Hozir o‘zimni ancha yaxshi va ishonchli his qilyapman. Taxminan 92 foizga tayyorman. Tanam joyida. Son qismi bilan ham muammolar yo‘q, shuning uchun mavsum boshlanishini kutyapman. Ta’til davomida har kuni shug‘ullandim. Yangi mavsumga to‘liq tayyor bo‘lish uchun bor kuchimni ishga soldim».
«Chelsi»dagi kelajagi haqida:
«Chelsi»da o‘z oldimga bir nechta shaxsiy maqsadlar qo‘ydim, lekin ularni o‘zimda saqlab qolaman. Ularni qog‘ozga yozib qo‘yganman. Qolishim borasida kafolat berishdimi? Ha».
Alonso haqida:
«U juda yaxshi inson. Har bir futbolchi bilan alohida gaplashadi, nimani yaxshilash kerakligini tushuntiradi. Futbolchi sifatida aynan shuni xohlaysan. Unda o‘ziga xos aura bormi? Ha, biroz. Chunki u avvallari ajoyib futbolchi bo‘lgan, endi esa top-murabbiyga aylandi. U mendan jasorat bilan o‘ynashimni, raqiblarni aldab o‘tishimni, vaziyatlar yaratishimni va doim bor kuchimni berishimni xohlaydi. Uning o‘yin uslubi menga ko‘proq mos keladi. O‘tgan mavsumda uning jamoasi ham ikki qanot hujumchisi bilan 4-3-3 sxemasida o‘ynadi, bu har doim yaxshi. Ko‘ramiz, nima bo‘lar ekan. Uning o‘zi jahon darajasidagi futbolchi bo‘lgan, shuning uchun biz uchun bundan yaxshisi yo‘q – u bizga ko‘p narsani o‘rgata oladi. Uning «Bayer»iga qarshi o‘ynash juda qiyin edi. Ular uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynashdi. Ularda Florian Virts, Jeremi Frimpong, Pyero Inkapye, Granit Jaka bor edi. Bu jiddiy jamoa edi».
Mavsumdagi maqsadlar haqida:
«Biz hammasini yutmoqchimiz. Ambitsiyalarimiz shunday – APL, Angliya kubogi va ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g‘olib chiqish. Morgan Rojers kabi futbolchining kelishi darajani oshirishi va sovrinlar uchun kurashishimizga yordam berishi kerak».