L'Equipe xabariga ko'ra, Malik Fofana jamoadoshlariga "Lion"da qolish va jamoa "Fenerbaxche"ga qarshi bahsdan so'ng Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo'l olsa, u yerda o'ynash istagida ekanini aytgan.
Belgiyalik futbolchi "Lion"da to'liq mavsum o'tkazishni rejalashtirmoqda, Paulo Fonseka esa uning kayfiyatini tasdiqladi: "Uning shu yerda qolishga juda motivatsiyalanganini his qilyapman".
"Lion"da futbolchi bo'yicha takliflar bor, ammo klub hozircha ularni rad etmoqda va agar "juda yaxshi pul" taklif qilinmasa, o'zining asosiy transfer aktivini sotishni istamayapti. Gap taxminan 40 million yevro haqida ketmoqda.
Chorshanba kuni Chempionlar ligasiga chiqish klubga moliyaviy imkoniyatlar beradi va Fofanani yana bir mavsumga saqlab qolishga yordam berishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!