Corriere dello Sport va La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, "Roma" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini talabiga binoan hujumkor vinger izlashda davom etmoqda. Hozirda sport direktori Toni D'Amiko e'tibori Jeymi Gittens nomiga qaratilgan.
"Jallorossilar" "Chelsi"ga futbolchini 3 million yevro evaziga ijaraga olish va 40 million yevro evaziga sotib olish huquqi bilan taklif qilishgan, ammo dastlab rad javobini olishgan. "Chelsi" bir yil avval 60 million yevrodan ortiq mablag'ga sotib olingan futbolchini doimiy transfer asosida sotishga tayyor, ammo "Roma" taklif qilgan shartlar ularni qoniqtirmayapti. D'Amiko shartlarni o'zgartirgan holda ijaraga olish variantida qat'iy turibdi.
Shuningdek, Malik Fofana varianti ham butunlay yopilgani yo'q, biroq "Lion" talablari sababli muzokaralar murakkablashgan. Bundan tashqari, "Zenit"dan Pedro va "Ayntraxt"dan Jan-Matteo Baoyya nomlari ham tilga olinmoqda.
"Roma" uchun ustuvor vazifa byudjetga ortiqcha yuklama qilmagan holda jamoa hujum salohiyatini oshirish bo'lib qolmoqda. Shu sababli, Gittens hozirgi kunda eng aniq variantlardan biri hisoblanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!