Roma Jeymi Gittensni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Jurnalist Lorentso Kanikkyo xabariga ko'ra, "Roma" Jeymi Gittensni qo'lga kiritish uchun qulay imkoniyatga ega bo'ldi.
"Roma" Jeymi Gittensni o'z safiga qo'shib olish g'oyasidan voz kechmayapti.
Jurnalist Lorentso Kanikkio xabariga ko'ra, "Chelsi" tomonidan qo'yilayotgan transfer shartlari bir necha oy oldingiga nisbatan ancha qulaylashgan va tubdan o'zgargan. Bu esa "Roma"ga futbolchini xarid qilish uchun qat'iy qadam tashlash imkonini berishi mumkin. Endilikda D'Amiko yaqin kunlarda bu borada yakuniy qarorga keladimi yoki yo'q, shuni kutish qoladi xolos.