Portu mavsumni yuz foizlik natija bilan boshladi
Portu Yevropaning top-20 ligasida mavsumni 100 foizlik natija bilan boshlagan beshta klubdan biriga aylandi.
Mavsum startida chempionat doirasidagi barcha o'yinlarda g'alaba qozongan jamoalar soni beshtani tashkil etmoqda 💪
Yevropaning top-20 ligasi ichida faqat beshta klub o'z chempionatida o'tkazilgan barcha uchrashuvlarda g'alaba qozondi: «Portu», Dortmundning «Borussiya»si, «Panatinaikos», «Manchester Siti» va «Barselona».
«Ajdarho»lar shuningdek, Portugaliya chempionati tarixida yettinchi tur yakuniga ko'ra 5 va undan ortiq ochkolik farq bilan peshqadamlik qilishmoqda. Avvalgi ikki holatda «Portu» yakunda doimo chempion bo'lgan
📈 Yettinchi turda 5+ ochko farqi bilan peshqadamlik qilganlar:
2007/08: «Portu», +7 🏆
2010/11: «Portu», +7 🏆
2026/27: «Portu», +5 🆕