Milan himoyachi izlamoqda, uni Van Deyk bilan solishtirishmoqda!
Rossoneri Malmyo akademiyasidan 16 yoshli Leon da Silvani kuzatib bormoqda, deb xabar beradi Janluka Di Marsio.
Shved futbolchisi markaziy himoyachi pozitsiyasida o'ynaydi. U hali asosiy jamoada debyut qilmagan bo'lsa-da, allaqachon Italiya klublari e'tiborini tortib ulgurdi.
Milandan tashqari, yosh iqtidor egasini Inter va Torino ham kuzatmoqda. Agar transfer amalga oshsa, Da Silva katta ehtimol bilan Primavera yoki akademiya yoshlar jamoalaridan boshlaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!