Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko'ra, «Lids» hamon Mixael Zettererni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.
Ammo «oqlar» hozircha na futbolchi, na «Ayntraxt» bilan kelishuvga erisha oldi. Qolaversa, «Elland Roud»da nemis darvozabonini faqat «ikkinchi raqam» sifatida ko'rishmoqda va unga «burgutlar»dagi kabi maosh taklif qila olishmaydi.
Ayni damda Zetterer transferni talab qilmayapti. 31 yoshli posbon, agar yaxshi taklif tushmasa, «Ayntraxt»da asosiy tarkib uchun kurashishga tayyor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!