#Mixael Tsetterer — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Mixael Tsetterer "Lids"ga o'tishi mumkin

Mixael Tsetterer "Lids"ga o'tishi mumkin

Beren Kross xabariga ko'ra, "Lids" Mixael Tsetterer transferi bo'yicha "Ayntraxt" bilan kelishuvga yaqin turibdi.

Beren Kross xabariga ko'ra, "Lids" Mixael Tsetterer transferi bo'yicha "Ayntraxt" bilan kelishuvga yaqin turibdi.

Nemis klubi 31 yoshli darvozabonni o'rniga o'rinbosar topilishi bilan qo'yib yuborishga tayyor. Agar transfer amalga oshsa, Tsetterer Jeyms Traffordga zaxira posboni bo'ladi.

O'ng ustun yangiliklari

Lids darvozabon izlamoqda: Setterer transferi bo'yicha vaziyat

Lids darvozabon izlamoqda: Setterer transferi bo'yicha vaziyat

Lids darvozabon izlamoqda. Mixael Setterer transferi bo'yicha mish-mishlar rad etildi, Lukas Perri masalasida esa muzokaralar davom etmoqda.

Leeds Live nashridan Ayzek Jonson "Lids"dagi darvozabonlar bilan bog'liq vaziyatga oydinlik kiritdi.

Yaqinda The Athletic nashri "oqlar" Mixael Setterer bilan kelishuvga yaqin ekanini xabar qilgandi. Biroq, futbolchining agentlaridan biri Niko Pellats BILD nashriga bergan intervyusida buni rad etdi:

Men hayronman. Bu mish-mishlar mutlaqo haqiqat emas, Mixael Frankfurtda baxtli va klubni o'zgartirmoqchi emas.

Jonsonning ma'lumotiga ko'ra, "Elland Roud"da 31 yoshli darvozabonni qo'lga kiritish borasida optimizm saqlanib qolmoqda. Transferdagi harakatlar Lukas Perri kelajagiga va "burgutlar" unga o'rinbosar topa olish-olmasligiga bog'liq.

"Lids" Perrining jarohatdan tiklanishini kutmoqda. "Torino"da esa braziliyalik futbolchini ijaraga olish uchun barcha narsa tayyor. Uning agenti muzokaralarni davom ettirish uchun shu hafta Italiyada bo'lib turibdi.