Leeds United Mixael Tsettererni o'z safiga qo'shib olmoqchi
TEAMtalk xabariga ko'ra, Lids darvozabon Mixael Tsetterer transferini yaqin vaqt ichida rasmiylashtirishi kutilmoqda.
TEAMtalk nashri jurnalisti Jeyms Marshmentning xabariga ko'ra, Lids Mixael Tsettererni o'z safiga qo'shib olish uchun ijobiy javob oldi.
Birinchidan, 31 yoshli darvozabon Yorkshir klubiga o'tishga rozi bo'ldi. Ikkinchidan, Ayntraxt uning o'rniga nomzod topdi — Frayburg darvozaboni Noa Atubolu.
Yaqin vaqt ichida Lids Tsetterer transferini rasmiylashtirishi kutilmoqda. Nemis posboni Elland Roudda yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar rejalashtirilgan uchta kafolatlangan transferning birinchisi bo'ladi.