Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

SC Freiburg — yangiliklari

SC Freiburg va bog'liq yangiliklar

Manchester United, Arsenal va Chelsea Matanovichga qiziqish bildirmoqda

Manchester United, Arsenal va Chelsea Matanovichga qiziqish bildirmoqda

APL grandlari ‘Frayburg’ hujumchisi Matanovichga qiziqish bildirmoqda. Nemis klubi futbolchini 50 million funtga baholamoqda.

🦁 APL akulalari: ‘Manchester Yunayted’, ‘Arsenal’ va ‘Chelsi’ Matanovichni kuzatishni boshladi.

‘Frayburg’ Matanovichni taxminan 50 million funtga baholamoqda, garchi yozda uni 30 millionga sotib olish imkoni bo'lgan bo'lsa ham.

Killian Sildillia operatsiya qilinadi

Killian Sildillia operatsiya qilinadi

Killian Sildilliya jarohati sababli operatsiya qilinadi va yil oxirigacha safdan chiqdi.

Killian Sildilliyaning jarohati bo'yicha tibbiy hisobot ℹ️

Killian Sildilliya yaqinda jarohat olgani sababli ma'lum muddatga safdan chiqdi. 24 yoshli futbolchi yaqin vaqt ichida operatsiya qilinadi. Uning maydonga joriy yilning so'nggi oylarida qaytishi kutilmoqda.

Klemens Frits Eren Dinkchi bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi

Klemens Frits Eren Dinkchi bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi

Verder sport direktori Klemens Frits Eren Dinkchi bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi.

⚪️ "Verder" sport direktori Klemens Frits Eren Dinkchi bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi!

Men muzokaralar olib borayotganimizni tasdiqlay olaman, ammo hozircha hech narsa kelishib olinmagan. Shunga qaramay, Eren juda qiziqarli o'yinchi.

Klemens Frits

Bog'liq yangiliklar

Eintracht 2:2 Frayburg: ochkolar bo'lishildi

Eintracht 2:2 Frayburg: ochkolar bo'lishildi

Bundesliganing navbatdagi turida Eintracht Frayburg bilan durang o'ynadi. Jamoa 4 turdan so'ng 5 ochko jamg'ardi.

Frayburg bilan ochkolarni bo'lishib oldik.

⚽️ 10' Yunes Ebnutalib
⚽️ 36' Yonatan Burkardt

2:2

Ikkinchi bo'lim boshidayoq hisobdagi ustunlikni boy berib qo'ydik va shu bilan hammasi yakunlandi. Ikkala jamoada ham vaziyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik.

Terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusga chiqyapmiz. 4 turdan keyin 5 ochko — bu biz ushbu bosqichda kutgan natija emas.

Vinchenso Grifo 'Frayburg' bilan shartnomani uzaytirdi

Vinchenso Grifo 'Frayburg' bilan shartnomani uzaytirdi

Vinchenso Grifo 'Frayburg' bilan yangi shartnoma imzoladi. Kelishuv 2028-yilga qadar mo'ljallangan.

Rasman: 'Frayburg' Vinchenso Grifo bilan shartnomani 2028-yilga qadar uzaytirdi!

33 yoshli vinger hisobida 108 ta gol va 98 ta samarali uzatma mavjud — u klub tarixidagi eng yaxshi to'purar va eng yaxshi assistent hisoblanadi. Bundan tashqari, Grifo klub safida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha to'rtinchi o'rinda (360 ta o'yin) turadi.

Mattias Ginter Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabidan norozi

Mattias Ginter Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabidan norozi

Mattias Ginter Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabining u bilan muloqot qilish tarzidan norozi. Futbolchi bu haqda Kicker nashriga intervyu berdi.

😨 Mattias Ginter Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabining u bilan muloqot qilish tarzidan norozi bo'ldi.

Himoyachining so'zlariga ko'ra, eng og'riqli tomoni shundaki, u JCh uchun kengaytirilgan tarkibga kiritilmaganini Yulian Nagelsmanndan emas, balki Yevropa Ligasi finalidan bir necha kun oldin Germaniya ommaviy axborot vositalaridagi xabarlardan bilib olgan.

Kicker nashriga bergan intervyusida Mattias Ginter shunday dedi: "Faoliyatimda ko'plab ko'ngilsizliklar bo'lgan, ammo o'sha o'n ikki soat ichida boshdan kechirganimdek darajadagi og'ir holatni hali yashamaganman."
Aston Villa Noa Atubolu transferi ustida ishlamoqda

Aston Villa Noa Atubolu transferi ustida ishlamoqda

Aston Villa Frayburg darvozaboni Noa Atuboluni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Transfer Emi Martinesning ketish-ketmasligiga bog'liq.

😳 Yana bir tarbiyalanuvchi va Aston Villaga navbatdagi shov-shuvli transfermi?

🔵 Angliya klubi Frayburg darvozabonini posbonlar chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda. Xabarlarga ko'ra, birmingemliklar allaqachon jozibador taklif tayyorlashmoqda.

Bunda ko'p narsa Emi Martinesning kelajagiga bog'liq. Agar argentinalik posbon yozda Aston Villani tark etadigan bo'lsa, aynan Atubolu uning o'rnini bosuvchi asosiy nomzodlardan biriga aylanishi mumkin.