📚 «Bayer»ga qarshi o'yinga tayyorgarlik
Uchrashuv oldidan Kristian Iltsyer so'nggi g'alabalardan keyingi yengillik, yuklamalarni boshqarish va bo'lajak raqib haqida gapirib berdi.
🗣 So'nggi g'alabalar haqida:
«Biz, albatta, yengillik his qilyapmiz. Bu ikki g'alaba psixologik nuqtai nazardan juda muhim edi. Endi vazifamiz — fikrlarimizni jamlash. Bir nechta mag'lubiyatdan so'ng murabbiylar shtabida dalillar kamayib qoladi, hatto o'yinda ko'p narsa to'g'ri qilingan bo'lsa ham. Shunga qaramay, so'nggi haftalarda biz ishlashimiz kerak bo'lgan jiddiy muammolarni ham ko'rdik».
🏥 Tarkibdagi vaziyat haqida:
«Lion»ga qarshi o'yinda Bambase Konteni rejalashtirilganidan biroz ertaroq almashtirishga majbur bo'ldik. Vaziyat qanday rivojlanishini kutishimiz kerak. Bu boshqa o'yinchilarga ham tegishli».
👀 Yuklamalar haqida:
«Bizda keng tarkib borligidan xursandman. Ayniqsa, hozir yo'qotishlarimiz bor paytda bu juda qo'l kelyapti. Hozirgi yuklama shunchaki aqlbovar qilmas darajada. O'yinchilar juda ko'p o'yin o'tkazishga majbur bo'lishyapti. Bu hafta boshqa jamoalarning qancha futbolchilari yana jiddiy jarohat olgani hammasini ochiq ko'rsatib turibdi. Biz, klub murabbiylari, imkon qadar bunga qarshi kurashishga harakat qilyapmiz, lekin ba'zida o'yinchilarni himoya qilish uchun jamoatchilik tushunmaydigan qarorlarni qabul qilishga to'g'ri keladi. Islohotlar o'tkazish zudlik bilan talab etiladi, chunki o'yinlar taqvimi qayta ko'rib chiqilishini taqozo etmoqda».
🏆 «Lion»ga qarshi o'yin haqida:
«Darvozamiz daxlsizligini saqlab qolganimizdan juda xursandmiz. 3:0 hisobi — ajoyib natija. Biz «Lion»ning kuchli tomonlarini zararsizlantirishga muvaffaq bo'ldik. Umuman olganda, statistika hisobga olinsa, g'alabamiz haqli edi».
«Bayer» haqida:
«Bayer» ajoyib formada. Bu o'z o'yinini topib olgan jamoa. Leverkuzenliklar — o'ziga bo'lgan ishonchga to'la nemis futbolining top-klubi. Biz ularni qiyin ahvolga solib, bosim o'tkazish va o'yinning har bir bosqichida munosib javob topishni istaymiz. «Lion»ga qarshi o'yinda biz g'alabali yurish qilayotgan jamoani mag'lub etdik va endi «Bayer»ning g'alabali seriyasini to'xtatmoqchimiz. Bizda asta-sekin hammasi to'g'ri yo'nalishda ketyapti va dam olish kunlari shu ruhda davom etishni istaymiz».
📊 Raqib formasi
Birinchi turda «Elversberg»dan uchralgan mag'lubiyatni hisobga olmaganda, «Bayer» mavsumni ishonchli boshladi. Turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turgan jamoa ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozondi. Oltinchi turda leverkuzenliklar «Frayburg»ni 2:1 hisobida mag'lub etishdi.
Patrik Shik joriy mavsumda Bundesliganing har bir o'yinida gol urdi. U chempionat to'purarlari ro'yxatini Fyullkrug bilan birga boshqarmoqda.
Leverkuzenliklar Yevropa Ligasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda: uchta o'yindagi uchta g'alaba jamoaga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallash imkonini berdi.
📖 Qarama-qarshilik tarixi
37 ta rasmiy o'yinda ustunlik «Bayer» tomonida. Leverkuzenliklar 21 ta g'alabaga erishishgan, «Hoffenheim» 10 ta uchrashuvda zafar quchgan, yana oltita o'yin durang bilan yakunlangan.
Biroq o'tgan mavsumda har ikkala o'zaro bahs «Hoffenheim» foydasiga hal bo'lgan — 2:1 va 1:0.