Roma Oliver Monsonni kuzatmoqda
«Roma» «Gyoteborg» yarim himoyachisi Oliver Monsonni kuzatmoqda. Futbolchiga shuningdek, «Manchester Yunayted», «Frayburg», «Lester Siti» va «Uotford» da'vogar.
«Roma» yosh o'yinchilarga ishonch bildirishda davom etmoqda va xabarlarga ko'ra, «Gyoteborg» klubining 2009-yilda tug'ilgan yarim himoyachisi Oliver Monsonni nishonga olgan.
Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, rimliklar vakillari futbolchini Shvetsiyada bevosita kuzatishgan. Unga «Manchester Yunayted», «Frayburg», «Lester Siti» va «Uotford» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Yosh bo'lishiga qaramay, Monson allaqachon asosiy tarkibda o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda, jumladan, Shvetsiya chempionati va UEFA Konferensiyalar ligasi saralash bahslarida maydonga tushgan.