L'Equipe xabariga ko'ra, «Strasbur» rahbariyati Ugo Oliveyraga ishonch bildirishda davom etmoqda.
Murabbiyning tajribasi yetishmasligi bilan bog'liq shubhalarga qaramay, klubda xotirjamlik saqlanib qolmoqda va «yangi sikl» boshlangani haqida gapirilmoqda.
2029-yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga ega murabbiy sabrli bo'lishni so'ramoqda: jamoa tarkibi jiddiy o'zgarishlarga uchradi (19 ta yangi futbolchi, 18 ta ketgan o'yinchi).
Futbolchilarning o'rtacha yoshi 21 yoshni tashkil etadi, eng yoshi katta o'yinchi esa 24 yoshli Filip Yorgensen hisoblanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!