🚨 Maks Eberl, Yozua Kimmix va Harri Keyn Lennart Karlni tanqidchilarga maydonda bergan javobi uchun maqtashdi
✨🎤 Eberl:
Lenni shunday javob qaytarganini ko'rish juda yoqimli. «Frayburg» va «Magdeburg», «Atletiko»ga qarshi o'yinlarda va bugun Maynsda u biz uchun qanchalik muhimligini ko'rsatdi. Bu oson o'yinlar va oson vaziyatlar emasdi. U o'zining nimalarga qodirligini ko'rsatdi. U nihoyatda "betgachor" va qo'rqmas. U shunchaki o'z o'yinini o'ynaydi va o'z ishini qiladi, biz buni ko'rayotganimizdan juda xursandmiz.
✨🎤 Kimmix:
Urilgan gol, shubhasiz, unga foyda keltiradi. Uning atrofidagi barcha muhokamalarga kelsak, bu normal holat. Qaysidir ma'noda u buni ijobiy qabul qilishi ham mumkin, chunki talablar ortib bormoqda. U endi yangi futbolchi emas; undan endi natija kutishmoqda. Va bugun u o'zini ko'rsatdi, shuning uchun u o'zi bilan juda va juda faxrlanishi mumkin.
✨🎤 Keyn:
Lenni bilan birga o'ynash menga juda yoqadi. U to'pni tor joylarda o'ziga bo'ysundiradi va men uning yonida yugurishni yaxshi ko'raman. Bugun yana gol urganidan xursandman. Albatta, yaqinda uning atrofida ko'p gap-so'zlar bo'ldi, ammo ikki o'yinda ikkita gol — bu mentalitet masalasi. Barcha hujumkor futbolchilar bilan yaxshi tushunishaman va ularning har biri bilan o'ynash menga yoqadi. Bugun ham xuddi shunday bo'ldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!