#Aleksandar Pavlovich — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Aleksandr Pavlovich «Manchester Siti» taklifini rad etdi

Aleksandr Pavlovich «Manchester Siti» taklifini rad etdi

Aleksandr Pavlovich «Manchester Siti»ning qiziqishiga qaramay, «Bavariya»da qolishga qaror qildi.

⚡️ Aleksandr Pavlovich «Manchester Siti» taklifini rad etdi!

«Siti» bahordan buyon Aleksandrga juda qiziqib qolgandi. Hyugo Viana shaxsan ushbu transfer ustida ishlagan va «Bavariya»ga 100 million yevrogacha taklif qilishga tayyor edi.

🗣️ «Men bavariyalikman, Myunxendanman va «Bavariya»da qolishni istayman», — deydi Pavlovich.
Aleks Pavlovich: «Leypsig»ga qarshi o'yin oson bo'lmadi»

Aleks Pavlovich: «Leypsig»ga qarshi o'yin oson bo'lmadi»

Aleks Pavlovich «Leypsig»ga qarshi o'yin va jamoaning yangi transferlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

✨ Aleks Pavlovich o'yin haqida:

«Biz g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Bu oson o'yin bo'lmadi; «Leypsig» yaxshi o'ynadi va bizga katta bosim o'tkazdi. Ammo biz nimalarga qodir ekanimizni ko'rsatdik va haqli ravishda g'alaba qozondik. Shaxsan men o'z o'yinimdan juda mamnunman. Mavsumoldi tayyorgarligiga yaxshi kirishib ketdim. Shuningdek, jamoadan ham juda xursandman. Bizda ajoyib jamoaviy ruh bor, qattiq shug'ullandik, yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va o'yinlarda nimalarga qodir ekanimizni ko'rsatdik. Bizda ajoyib mentalitet va kuchli futbolchilar bor — oldinda esa yana bir nechta yangi futbolchilar bor»

✨ Yangi transferlar haqida:

«Ismael Saybari va Nene Braun — ikkalasi ham fantastik futbolchilar va ajoyib insonlar. Ular bugun nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatishdi. Ular bilan birga o'ynash juda maroqli. Endi biz yaxshilab tiklanib olishimiz, keyin esa har bir o'yin va har bir mashg'ulotga diqqatni qaratib, oldinga intilishimiz kerak»
Tom Bishof: "Bavariya" yarim himoyasidagi raqobat meni kuchliroq qilmoqda"

Tom Bishof: "Bavariya" yarim himoyasidagi raqobat meni kuchliroq qilmoqda"

Tom Bishof "Bavariya" yarim himoyasidagi raqobat va o'zining tayyorgarligi haqida gapirdi.

💬 Tom Bishof "Bavariya" yarim himoyasidagi raqobat haqida fikr bildirdi.

"Hozir men navbatdagi qadamni tashlamoqchiman. Yarim himoyada men, Pavlo [Aleksandar Pavlovich] va Yo Kimmix har kuni bir-birimizni oldinga undayapmiz. Har kim o'ynashni xohlaydi, bu esa har birimizni kuchliroq qiladi va yakunda butun jamoaga foyda keltiradi. Men ushbu rolga tayyor ekanligimga mutlaqo ishonchim komil".

O'ng ustun yangiliklari

Dayo Upamekano va Aleksandar Pavlovich Bundesligada tur ramziy terma jamoasiga kiritildi

Dayo Upamekano va Aleksandar Pavlovich Bundesligada tur ramziy terma jamoasiga kiritildi

Kicker nashri talqiniga ko'ra, Dayo Upamekano va Aleksandar Pavlovich Bundesliganing ramziy terma jamoasidan joy olishdi.

Kicker nashri talqiniga ko'ra, Dayo Upamekano va Aleksandar Pavlovich Bundesliganing ramziy terma jamoasidan joy olishdi.

Bavariya Osiyo turida eng ko'p sotilgan futbolkalar nomini ma'lum qildi

Bavariya Osiyo turida eng ko'p sotilgan futbolkalar nomini ma'lum qildi

Bavariya marketing direktori Ruven Kasper Osiyo safari davomida muxlislar tomonidan eng ko'p sotib olingan futbolchilar liboslarini sanab o'tdi.

Bavariya klubining marketing va savdo bo'yicha direktori Ruven Kasper Osiyo bo'ylab uyushtirilgan tur davomida qaysi futbolchilarning liboslari eng ko'p xarid qilingani haqida gapirdi:

Manuel Noyyer, Yozua Kimmix va Luis Dias. Shuningdek, Tom Bishof va Aleks Pavlovich kabi yosh futbolchilarning liboslariga ham talab katta.