Aleksandr Pavlovich «Manchester Siti» qiziqishi va mavsumdagi maqsadlari haqida
Die Bayern ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Aleksandr Pavlovich «Manchester Siti» qiziqishi va mavsumdagi maqsadlari haqida

Aleksandr Pavlovich «Manchester Siti»ning o'tgan yozdagi qiziqishi haqida:

«Avvalo, «Siti» kabi top-klub qiziqish bildirishi bu sharaf. Men Myunxenda o'sganman, butun umrimni shu yerda o'tkazganman va doim «Bavariya» sharafini himoya qilganman. Oila a'zolarim va do'stlarim shu yerda yashashadi, men uchun bundan yaxshirog'i yo'q. Shu bois qaror qabul qilish qiyin bo'lmadi»

Pavlovichning Rodri bilan solishtirilishi haqidagi fikrlari:

«Rodri qanday darajadagi jahon klassi tayanch yarim himoyachisi ekanligini hamma biladi. U «Oltin to'p»ni bejizga yutgani yo'q. Albatta, meni bunday futbolchi bilan solishtirishlari sharaf. Men buni o'z oldimga qo'ygan maqsadimga erishish, ya'ni rivojlanishda davom etish va jahon futboli elitasi safiga kirish uchun motivatsiya sifatida qabul qilaman»

Pavlovich mavsumdagi maqsadlari haqida:

«Biz barchasini yutmoqchimiz: UEFA Chempionlar ligasi, Kubok va Bundesliga chempionligi»
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!