Mattias Ginter Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabidan norozi
Mattias Ginter Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabining u bilan muloqot qilish tarzidan norozi. Futbolchi bu haqda Kicker nashriga intervyu berdi.
😨 Mattias Ginter Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabining u bilan muloqot qilish tarzidan norozi bo'ldi.
Himoyachining so'zlariga ko'ra, eng og'riqli tomoni shundaki, u JCh uchun kengaytirilgan tarkibga kiritilmaganini Yulian Nagelsmanndan emas, balki Yevropa Ligasi finalidan bir necha kun oldin Germaniya ommaviy axborot vositalaridagi xabarlardan bilib olgan.
Kicker nashriga bergan intervyusida Mattias Ginter shunday dedi: "Faoliyatimda ko'plab ko'ngilsizliklar bo'lgan, ammo o'sha o'n ikki soat ichida boshdan kechirganimdek darajadagi og'ir holatni hali yashamaganman."