Paris Brunner: «Birinchi o'yinda g'alaba qozonish muhim edi»
Les Rouge et Blanc ↗ ●●●●● Matbuot 👁 31

Paris Brunner: «Birinchi o'yinda g'alaba qozonish muhim edi»

Paris Brunner: «Birinchi o'yinda g'alaba qozonish muhim edi»

«Monako» safida yana bir bor gol urgan va ikkinchi golga assistentlik qilgan forvard Sofiyaning «CSKA» jamoasiga qarshi kechgan g'alabali bahsdan (2:1) so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Forvard «Tuluza»ga qarshi Liga 1 doirasidagi o'yinni (2:2) diskvalifikatsiya sababli o'tkazib yuborgandi. Endilikda uning joriy mavsumdagi gollari soni yettitaga yetdi.

🔴 G'alaba haqida:

«Bugun juda qiyin bo'ldi. Biz yaxshi jamoaga qarshi o'ynadik, ular katta bosim o'tkazishdi, stadionda esa ajoyib muhit hukm surdi. Ammo eng muhimi — biz g'alaba qozondik. Endi diqqatimizni Liga 1 doirasidagi «Loryan»ga qarshi navbatdagi o'yinga qaratishimiz mumkin».

🔴 Diskvalifikatsiyadan qaytish haqida:

«Diskvalifikatsiya tufayli o'yinlarni o'tkazib yuborish men uchun oson emas, lekin jamoaga kerak bo'lganimda, bor kuchimni jamoa uchun beraman. Men uchun eng muhimi shu! Men bu mavzuda allaqachon gapirganman va qilgan ishimdan afsusdaman. Bo'lib o'tgan voqeani kelajak uchun saboq sifatida qabul qilaman. Vaziyat shunday, endi keyingi dam olish kunlari «Lill»ga qarshi o'yinda chempionatga qaytishni kutyapman».

🔴 «Frayburg»ga qarshi o'yin oldidan nimani yaxshilash kerak?

«Murabbiy bizga nimalar ustida ishlashimiz kerakligini aytadi. Hozircha his-tuyg'ular juda yangi, o'yinni xolis baholash qiyin. Lekin takrorlayman, asosiysi — g'alaba. Biz uni keyingi o'yinga tayyorgarlik uchun asos sifatida ishlatamiz. Nemis klubi bilan uchrashuvdan o'zgacha hislar bormi? Albatta! Men nemisman va o'z yurtim jamoasiga qarshi o'ynashim kerak, shuning uchun bu o'yin o'zgacha bo'ladi. Bor kuchim bilan o'ynashga harakat qilaman (kuladi)».

🔴 Takumi Minamino va Moxammed Salisuning qaytishi haqida:

«Ular uchun juda xursandman, chunki bu vaqt ichida ularga oson bo'lmadi. Har kuni ularning qaytish uchun mashg'ulotlarda qanchalik qattiq mehnat qilayotganini ko'rardim. Va nihoyat, ular yana maydonda. Ular uchun juda baxtliman».

🔴 Ansu Fati bilan bog'liqlik haqida:

«O'yindan oldin gaplashib oldik va maydonda bir-birimizni topishga kelishib oldik. Yakunda bu ish berdi va u gol urdi. Ajoyib! Bu biz o'rtamizdagi o'zaro tushunish allaqachon shakllanganini ko'rsatadi».

🔴 O'yin boshidagi gol haqida:

«Dastlab hujumda bevosita ishtirok etmayotgandim. Stanis Idumbo darvozaga zarba berishga urindi, men esa haqiqiy markaziy hujumchi sifatida yaqinroq joyda edim va imkoniyatdan foydalandim (kuladi)! Eng yaxshi to'purar maqomiga kelsak, men uchun jamoa g'alabasi muhimroq. Shaxsiy yutuqlar ikkinchi planga o'tadi, garchi eng yaxshi snayper ekanligimdan faxrlansam ham. Maqsadim — har bir o'yinda imkon qadar ko'proq gol urish. Bu meni motivatsiya qiladi».

🔴 Jamoadagi hujumchilar o'rtasidagi munosabatlar haqida:

«Barchamiz o'rtamizda ajoyib tushunish bor: Balo, Mattis Ablin va Mika Biret bilan. Agar bizdan kimdir o'ynasa, qolganlar uni qo'llab-quvvatlaydi va aksincha».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!