#Folker Finke — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Folker Finke «Frayburg»ning rivojlanish tarixi haqida gapirdi

Folker Finke «Frayburg»ning rivojlanish tarixi haqida gapirdi

Folker Finke «Frayburg» klubi infratuzilmasi va akademiyasi qanday shakllangani hamda Axim Shtoker bilan hamkorligi haqida so'zlab berdi.

Folker Finke «Frayburg»ning bugungi poydevori qanday qo'yilgani haqida so'zlab berdi.

Zamonlar osha klub rivojlanishi ortida uzoq tarix yotibdi. Mening ko'z o'ngimda klub infratuzilmasini qurishning uchta bosqichi, shuningdek, futbol akademiyasining yaratilishi o'tdi.
O'sha vaqtdagi prezidentimiz Axim Shtoker futbolni juda yaxshi tushunardi va uni chin dildan sevardi. Ammo infratuzilmaga investitsiya kiritish uning ustuvor vazifasi emasdi. U pullarni bevosita jamoaga sarflashni afzal ko'rardi.
Men esa, agar infratuzilmani yaxshilasakgina Bundesligada uzoq vaqt qola olishimizga amin edim.
Bizga normal mashg'ulot maydonlari, maysazor isitish tizimi va futbolchilar uchun qulayroq sharoitlar zarur edi.
Menga doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashga erishishga to'g'ri kelardi. Ammo yakunda Shtoker yordam qo'lini cho'zdi. U menga sport masalalarida erkinlik berdi va o'z g'oyalarimni amalga oshirishga ruxsat etdi. Bu rivojlanishimizdagi eng hal qiluvchi shartlardan biriga aylandi.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.