Bavariya direktori Maks Eberl Manuel Noyerning klubdagi maqomi va jamoaning kelajakdagi rejalari haqida fikr bildirdi.
Eberl Noyer va Urbig haqida:
«Manu xatoga yo'l qo'ydi. Bu uning ikki o'n yillik professional futbolchi sifatidagi faoliyatida bir necha bor sodir bo'lgan. Bizda Manu borasida mutlaqo hech qanday shubha yo'q.
Bizda aniq reja bor. Biz uni deyarli bir yarim, ikki yildan beri amalga oshirib kelyapmiz. Manu — bizning birinchi raqamlimiz va u shunday bo'lib qoladi. Kelajakda nima bo'lishini esa hali ko'ramiz. Ertaga kim asosiy tarkibda maydonga tushadi — Vensan bu haqda o'ylab ko'rgan. Shu bois men hozircha voqealardan oldinga o'tib ketishni istamayman»
Vinsent Kompani «Manchester Siti» atrofidagi vaziyat yuzasidan o'z munosabatini bildirdi va muxlislarni xotirjamlikka hamda ishonchga chaqirdi.
Vinsent Kompani «Manchester Siti» atrofidagi vaziyat haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Chestno aytganda, men shokdaman. Hatto nima deyishni ham bilmayman, chunki qalbimning tubida «Manchester Siti»ni bunday vaziyatda ko'rishimni hech qachon tasavvur qilmaganman. Men bu klubda o'ynagan paytlarim, butun mehnat, qurbonliklar, fidoyilik va «Manchester Siti»ni bugungi darajaga olib chiqqan barcha jarayonlarni o'z ko'zim bilan ko'rganman. Shu bois, bu xabar men uchun juda og'ir.
Qalbim muxlislar bilan, chunki bu klub ular uchun qanchalik muhimligini bilaman. Ular hozir nimalarni his qilayotganini tasavvur qila olaman. Bu hech birimiz kutmagan xabar va ko'plab muxlislarimiz boshdan kechirayotgan hafsalasizlik, qo'rquv va noaniqlikni tushunib turibman.
Ammo, iltimos, xotirjamlikni saqlang. Buni aytish oson, bajarish qiyinligini bilaman, lekin jarayon hali yakunlanmaganiga ishonishimiz kerak. Apellyatsiya berilgan va u yaxshi yangiliklar olib kelib, har bir «Manchester Siti» muxlisiga yana tabassum qilish uchun sabab bo'lishiga chin dildan umid qilaman.
Hozircha, o'ylaymanki, biz sabrli bo'lishimiz, jipslashishimiz hamda klub va uning egalaridan yangiliklar kutishimiz kerak. Biz avval ham qiyin damlarni boshdan kechirganmiz va futbol juda tez o'zgarishi mumkin.
Shunday ekan, hozir og'riq his qilayotgan har bir «Siti» muxlisiga: umidingizni uzmang. Keling, apellyatsiyani kutamiz, yakuniy qarorni kutamiz va birgalikda turishda davom etamiz.
Ishonishda davom eting. Qo'llab-quvvatlashda davom eting. «Manchester Siti» doimo «Manchester Siti» bo'lib qoladi.
Maks Eberl Vensan Kompanining tiklanish jarayoni, Dayot Upamekanoning shartnomasi va jamoa himoyachilarining o'yinga bo'lgan munosabati haqida gapirdi.
Maks Eberl Vensan Kompani haqida:
Vensan o'z tiklanish jarayonida juda yaxshi natijalarga erishmoqda. Biroq, uning Zebenershtrasseda qaytishiga ruxsat berishdan oldin shifokorlardan yashil chiroq kutishimizga to'g'ri keladi.
Eberl Dayot Upamekanoning shartnomasidagi 65 million yevrolik tovon puli haqidagi mish-mishlarga izoh berdi:
Men bu yerda shartnoma tafsilotlarini muhokama qilish uchun o'tirganim yo'q. Bir narsa aniq: biz Upamekano bilan shartnomani uzaytirdik va buni amalga oshirganimizdan juda xursandmiz. Rostini aytsam, u bu yerda o'zini juda qulay his qilmoqda.
Eberl himoyachilar va darvozabon g'alabaga qaramay, o'yindan keyin xafa bo'lishganini aytdi:
Kiyim almashtirish xonasiga kirib, ikki markaziy himoyachi va darvozabonning shunchalik tushkun kayfiyatda o'tirganini ko'rish men uchun hayratlanarli bo'ldi. Keyin ularga qarayapsiz va ular: «Ha, biz darvozamiz daxlsizligini saqlab qolmoqchi edik», deyishmoqda. O'ylaymanki, bu ularning hozir qanday o'ynayotganini, o'z darvozalarini qanday himoya qilayotganini va yakkakurashlarga qanday yondashayotganini mukammal aks ettiradi.
Nataniel Braun jamoaning g'alaba qozonish istagi va Vinsent Kompani haqida gapirdi.
✨🎤 Nataniel Braun:
«Biz raqibdan qat'i nazar, har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz. Biz ushbu Kubok bahsidan muvaffaqiyatli o'tishni maqsad qilgan edik. Yaxshi o'yin ko'rsatdik va haqli ravishda g'alaba qozondik. Endi diqqatimizni shanba kungi o'yinga qaratamiz»
✨🎤 Vinsent Kompani haqida:
«Biz, albatta, uning uchun ham g'alaba qozonamiz. Uning uyga qaytgani juda yaxshi bo'ldi. Unga dam olish kerak, ammo umid qilamanki, biz uni tez orada yana ko'ramiz»
Kompani «Augsburg»ga qarshi o'yinda tarkibda katta o'zgarishlar qilmaydi. Jamal Musiala o'rnini Serj Gnabri egallashi kutilmoqda.
Kompani «Augsburg» bilan o'yinda tarkibda jiddiy rotatsiyani rejalashtirmayapti!
Jarohat olgan Jamal Musiala o'rniga «o'nlik» pozitsiyasida Serj Gnabri maydonga tushishi kutilmoqda. To'liq dam olgan Luis Dias chap qanotda, Maykl Olise esa qarama-qarshi qanotda o'yinni boshlaydi.
Alfonso Devis himoyaning chap qanotidagi o'rnini saqlab qoladi, markazda esa Yozua Kimmix va Aleksandr Pavlovich harakat qiladi. Manuel Noyer ham uch haftalik tanaffusdan so'ng darvozaga qaytadi.
Bernli Dastan Satpayevning jarohati bo'yicha Chelsi bilan muzokaralar olib bormoqda. O'yinchi Londonga qaytishi mumkin.
"Bernli" Satpayevning jarohati bilan bog'liq vaziyatni o'rganmoqda va uning tiklanish jarayoni uchun "Chelsi"ga qaytishi kerakmi yoki yo'qmi, shuni aniqlashga urinmoqda.
Kecha manbalar Dastan "Kobxem"ga kelishi haqida yozishgandi, ammo endi Vinsent qaytish talab etilmasligi mumkinligini aytmoqda. Klublar qanday yo'l tutishni muhokama qilishmoqda.