Vinsent Kompani «Manchester Siti» atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi
Манчестер Сити ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 4

Vinsent Kompani «Manchester Siti» atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi

Vinsent Kompani «Manchester Siti» atrofidagi vaziyat haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

Chestno aytganda, men shokdaman. Hatto nima deyishni ham bilmayman, chunki qalbimning tubida «Manchester Siti»ni bunday vaziyatda ko'rishimni hech qachon tasavvur qilmaganman. Men bu klubda o'ynagan paytlarim, butun mehnat, qurbonliklar, fidoyilik va «Manchester Siti»ni bugungi darajaga olib chiqqan barcha jarayonlarni o'z ko'zim bilan ko'rganman. Shu bois, bu xabar men uchun juda og'ir.
Qalbim muxlislar bilan, chunki bu klub ular uchun qanchalik muhimligini bilaman. Ular hozir nimalarni his qilayotganini tasavvur qila olaman. Bu hech birimiz kutmagan xabar va ko'plab muxlislarimiz boshdan kechirayotgan hafsalasizlik, qo'rquv va noaniqlikni tushunib turibman.
Ammo, iltimos, xotirjamlikni saqlang. Buni aytish oson, bajarish qiyinligini bilaman, lekin jarayon hali yakunlanmaganiga ishonishimiz kerak. Apellyatsiya berilgan va u yaxshi yangiliklar olib kelib, har bir «Manchester Siti» muxlisiga yana tabassum qilish uchun sabab bo'lishiga chin dildan umid qilaman.
Hozircha, o'ylaymanki, biz sabrli bo'lishimiz, jipslashishimiz hamda klub va uning egalaridan yangiliklar kutishimiz kerak. Biz avval ham qiyin damlarni boshdan kechirganmiz va futbol juda tez o'zgarishi mumkin.
Shunday ekan, hozir og'riq his qilayotgan har bir «Siti» muxlisiga: umidingizni uzmang. Keling, apellyatsiyani kutamiz, yakuniy qarorni kutamiz va birgalikda turishda davom etamiz.
Ishonishda davom eting. Qo'llab-quvvatlashda davom eting. «Manchester Siti» doimo «Manchester Siti» bo'lib qoladi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!