APL «Man Siti» uni to'qqiz yil davomida aldab kelgan deb hisoblaydi: soxta homiylik va imidj shartnomalari, moliyaviy qoidalarni chetlab o'tish uchun murabbiyga yashirin to'lovlar.
Qancha mablag' chetlab o'tilgan bo'lishi mumkin? Summalar qoidabuzarlik ko'lamini tushunishga yordam beradi.
● Etihad bilan homiylik shartnomasi – qariyb £160m
Shayx Mansur «Siti»ni 2008-yil sentyabrida sotib olgan va 2009-yil mayidayoq Birlashgan Arab Amirliklarining milliy aviakompaniyasi Etihad klubning titul homiysiga aylandi.
2011-yil iyulida tomonlar 10 yillik mega-shartnoma imzolashdi: futbolkalardagi logotip, stadion nomi, mashg'ulot majmuasi. OAV baholariga ko'ra, kelishuv summasi £150 milliondan £400 milliongacha bo'lgan. Oshkor bo'lgan yozishmalardan ko'rinishicha, bu «Siti»ning qo'lini yechgan: klubga homiylik niqobi ostida egasi – shayx Mansurdan millionlab mablag'lar kelib tushgan.
2012/13 va 2013/14-yilgi mavsumlarda umumiy £99 milliondan (£31.5m va £67.5m) aviakompaniya atigi £8 million to'lagan.
«Biz jami £99m olishimiz kerak, shundan siz £8m ajratasiz, – deb yozgan «Siti» operatsion direktori Saymon Pirs Etihad tijorat direktori Peter Baumgartnerga 2013-yil dekabrida. – Demak, men sizga £91m o'tkazib berishim kerak edi, lekin atigi £88.5m yubordim. Aslida men sizdan £2.5m qarzdorman. Siz hozir £65m to'laysiz, men esa bir necha oydan keyin £2.5m yuboraman».
Keyinchalik bu holat takrorlangan.
«Ushbu £67,5 mlnning £8 mlnini Etihad to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtirishi kerak, £59,5 mlni esa ADUG tomonidan bo'ladi», – deb yozgan «Siti» moliya direktori Xorxe Xumilyas 2015-yilda o'sha Saymon Pirsga.
Jami: £8m (2010/11-yilgi mavsum) + £91m (2012/13 va 2013/14) + £59.5m (2015/16) = £158.5m.
● BAAning boshqa homiylari – qariyb £50m
Xuddi shu sxema bo'yicha Abu-Dabining boshqa kompaniyalari ham ishlagan. 2010-yilda Aabar investitsiya fondi «Siti» bilan yiliga £15 millionlik shartnoma imzolagan, biroq tergov materiallariga ko'ra, homiyning o'zi atigi beshdan bir qismini to'lagan.
«Aabarning to'g'ridan-to'g'ri yillik majburiyati – £3 mln. Qolgan £12 mln Oliy Hazrati [shayx Mansur] tomonidan taqdim etilgan muqobil manbalardan kelib tushadi», – deb yozgan Saymon Pirsning yozishmalarini Der Spiegel nashri.
Boshqa bir xatda esa Xumilyasning Abu-Dabidan keladigan to'lovlar sanasini o'zgartirish imkoniyati haqidagi savoliga Pirs: «Albatta, biz xohlagan narsani qila olamiz», deb javob bergan.
Undan ham qizig'i bor. 2012 va 2013-yillarda amirlikliklarning telekom-giganti Etisalat «Siti»ga £15 millionlik ikkita to'lov amalga oshirgan. Pullar kompaniyaning o'zidan emas, balki moliyaviy broker Jaber Muhammad orqali kelgan. UEFA komissiyasi hujjatlarni o'rganib chiqib, to'lovlarni «ADUG amalga oshirgan yoki tashkil etgan», ularni esa egasi tomonidan moliyalashtirish maqsadini yashirish uchun Etisalatning homiylik majburiyatlariga yozib qo'yishgan degan xulosaga kelgan.
UEFA ma'lumotlariga ko'ra, «Siti» egasi ushbu shartnomadagi barcha £30 millionni qoplab bergan.
Buxgalteriyadagi kamomadni yopish kerak bo'lganda, shartnoma shartlariga zid ravishda bonuslar ishga tushirilgan. Masalan, Der Spiegel ma'lumotlariga ko'ra, klub bosh direktori Ferran Soriano homiydan Angliya Kubogidagi mavjud bo'lmagan g'alaba uchun to'lovlarni o'tkazishni taklif qilgan. Ko'rinishidan, gap 2013-yil haqida ketmoqda, o'shanda «Siti» finalda «Uigan»ga yutqazgan edi. Bonus baribir to'langan: Etihad – £1.5m, Aabar – £0.5m, Abu-Dabining yana bir kompaniyasi – £5.5m. Ayblov fikricha, bu xarajatlarning barchasini egalari qoplagan.
Jami: £12m (Aabar) + £30m (Etisalat) + £7.5m (bonuslar) = £49.5m.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!