Lorient 1:0 hisobida yakunlangan safar o'yinida mag'lubiyatga uchradik, qo'shimcha so'zga hojat yo'q.
Chempionatda 4-o'ringa tushib ketdik, garchi hozirda dastlabki to'rtta o'rindagi jamoalarning barchasida 14 ochkodan mavjud bo'lsa-da. Qiziqarli fakt: biz Ligue 1 doirasida PSGga qarshi ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsak-da, Lorientga qarshi ketma-ket uchta bahsda mag'lub bo'ldik. Juda achinarli holat..
O'yin yakuniga ko'ra: mavsumdagi ilk mag'lubiyatimizni qabul qilib oldik. Uchrashuv haqida aniq so'z topish qiyin. Juda ko'p tartibsizlik, yomon o'yin, jarohatlar, hafsalasizlik va yana ko'plab salbiy jihatlar kuzatildi.
Keyingi bahsni 22-oktyabr kuni soat 22:00da (MSK) UEFA Conference League umumiy bosqichi 2-turi doirasida Freiburgga qarshi o'tkazamiz.
Daghe Munegu! Bugun bo'lmasa, ertaga albatta qaytamiz!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!