Leeds United Mixael Tsetterer transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda
Sky Sports xabariga ko'ra, «Lids» Mixael Tsettererni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Sky Sports jurnalisti Zinni Bosuell «Lids» Mixael Tsetterer transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirayotganini tasdiqladi.
«Elland Roud» vakillari nemis darvozabonini «Torino»ga o'tishga yaqin turgan Lukas Periya o'rniga olib kelmoqchi. «Ayntraxt» esa o'z navbatida Noa Atubolu transferini rasmiylashtirmoqda.