Daniya Uelsni mag'lub etdi: Yoaxim Andersen sardorlik bog'ichini taqdi
Millatlar ligasi doirasida Daniya Uelsni mag'lub etdi. Yoaxim Andersen o'yin davomida Daniya terma jamoasi sardoriga aylandi.
Millatlar ligasi A guruhining 4-turida Daniya terma jamoasi safarda Uels ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Yoaxim Andersen o'yinni to'liq o'tkazdi va 10-daqiqadayoq Xyoybergning majburiy almashtirilishi sababli sardorlik bog'ichini qabul qilib oldi.