Martin Edegorning jarohati jiddiy emas
Norvegiya terma jamoasi shifokori Martin Edegorning jarohati yuzasidan xabar berdi. Yarim himoyachining ahvoli yaxshilanmoqda.
Norvegiya terma jamoasi shifokori Ola Sand Martin Edegorning to'pig'ini tekshiruvdan o'tkazdi. Suratlar hech qanday jiddiy shikastlanishni aniqlamadi.
Bosh murabbiy yordamchisi Brede Xangeland:
Tekshiruv xavotirli hech narsani ko'rsatmadi. Edegor o'zini yaxshiroq his qilmoqda, to'piqdagi og'riq kechagiga nisbatan kamaydi. Dinamika ijobiy.