Martin Edegorning jarohati bo'yicha yangi ma'lumot
Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Brede Xangeland Martin Edegorning jarohati va Bernardu Silvaning harakati haqida fikr bildirdi.
Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Brede Xangeland:
Bugun Edegor kechagiga qaraganda kamroq og'riq sezmoqda. O'yinga hali ikki yarim kun bor va bu vaqt ichida ko'p narsa o'zgarishi mumkin.
Bernardu tomonidan qilingan podkat? Bu iflos harakat edi va u juda yomon bo'lgani aniq.