Xristos Tsolis Mikel Arteta haqida fikr bildirdi
Xristos Tsolis Mikel Artetaning o'yinlarga tayyorgarlik jarayoni va o'ziga xos uslubi haqida gapirib berdi.
Xristos Tsolis Mikel Arteta o'yinlarga qanday tayyorgarlik ko'rishi haqida gapirib berdi:
Mikel Arteta o'yinlar oldidan ko'plab qiziqarli ishlarni amalga oshiradi. Kiyinish xonasida u futbolchilarning shayligini baholash uchun o'ziga xos diqqatni jamlash o'yinlarini o'tkazadi. Har bir uchrashuv oldidan unda yangi g'oyalar paydo bo'ladi va har bir o'yinga u turlicha yondashadi. Rostini aytsam, men bunday narsani boshqa biror murabbiyda ko'rmaganman.