🚨 Ferran Martines xabariga ko'ra, "Barselona" va Tommi Markes muzokaralar o'tkazdi va futbolchining klubdan ketishi borasida kelishuvga erishdi. "Barsa" o'yinchini qaytarib sotib olish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Yarim himoyachi o'ziga kelib tushgan takliflarni ko'rib chiqmoqda. Ular orasida "Manchester Siti" ham bor, ingliz klubi uni kelajak uchun sarmoya sifatida ko'rmoqda. Ehtimol, u "Siti" bilan shartnoma imzolab, so'ngra o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Jirona"ga ijaraga beriladi.
Biroq, hozirgi vaqtda eng dolzarb variant bu "Braga" hisoblanadi, u yerda Pau Viktor to'p tepadi. Portugaliya klubi bosh murabbiyi Karlos Visens yarim himoyachini o'z loyihasiga qo'shib olmoqchi.
"Borussiya" Dortmund ham Markesga qiziqish bildirmoqda. Nemis klubi "Barsa" bilan yaxshi munosabatlarga ega.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!