Viktor Ruminiyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda
Viktor Ruminiyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Viktor Ruminiyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Viktor Ruminiyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Viktor Ruminiyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Jerar Romero xabariga ko'ra, Tommi Markes "Braga"dan taklif qabul qilib oldi. "Barsa" va futbolchining vakillari transferni yakunlash ustida ishlamoqda.
Jerar Romero xabariga ko'ra, Tommi Markes "Braga"dan taklif qabul qilib oldi.
"Barsa" va futbolchining vakillari transferni yakunlash ustida ishlamoqda. Aytish joizki, "Braga"da Pau Viktor ham to'p tepadi.
Viktor «Liverpul»dagi ilk mashg'ulotlari taassurotlari bilan o'rtoqlashdi va jamoaning yuqori intensivligini alohida ta'kidladi.
Viktor jamoa bilan o'tkazgan ilk mashg'ulotlari haqida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:
Bugun men nima uchun «Liverpul» dunyoning eng buyuk klublaridan biri ekanligini shaxsan ko'rdim. Mashg'ulotlardagi intensivlik meni eng yaxshi ma'noda hayratda qoldirdi. Har bir mashq xuddi haqiqiy o'yin kabi o'tkazildi, har bir futbolchi bir-biridan maksimal darajada harakat qilishni talab qildi va bir soniya bo'lsa ham bo'shashishga imkon yo'q edi. Bu yerda to'p bilan har bir muomalangizni munosib tarzda oqlashingiz kerak.
Men avval ham top-o'yinchilar bilan shug'ullanganman, lekin bu butunlay boshqacha daraja. Tezlik, sifat va mentalitet sizni darhol o'sishga majbur qiladi. Aynan shunday muhit menga kerak edi. Endi mening vazifam — ushbu intensivlikka moslashish va ushbu libosni kiyishga loyiq ekanligimni isbotlash.
«Chelsi» bilan o'yin oldidan Liverpool bosh murabbiyi Florian, Dominik va Viktorning jarohatlari bo'yicha ma'lumot berdi.
«Chelsi»ga qarshi kubok bahsi oldidan matbuot anjumani boshlandi. To'liq tarjimani keyinroq taqdim etamiz, hozircha esa jarohat olgan futbolchilar haqida ma'lumot:
Mashg'ulot keyinroq bo'ladi.
Florian o'zini ancha yaxshi his qildi va o'ynay olishiga nisbatan optimistik ruhda edi.
Dominik va Viktorga kelsak, bu borada unchalik ishonchim komil emas. Ular aniq o'ynamaydi deb aytmoqchi emasman, lekin ularning vaziyati Floriannikiga qaraganda murakkabroq ko'rinmoqda.
«Ayaks» safarda «Fortuna Sittard»ni 1:5 hisobida mag'lub etdi. Tilo Kerrer o'zining debyut golini kiritdi.
«Fortuna Sittard»ni safarda 1:5 hisobida tor-mor etdik, Viktor esa 90+6-daqiqada burchak zarbasidan uzatilgan to'pni golli pasga aylantirdi! Tilo Kerrer esa debyut golini urdi) ❤️🔥
Kechirasiz, o'yinni sharhlashga umuman imkonim bo'lmadi 🥲
Ferran Martines xabariga ko'ra, "Barselona" va Tommi Markes futbolchining klubdan ketishi borasida kelishuvga erishdi. O'yinchi uchun bir qator variantlar mavjud.
🚨 Ferran Martines xabariga ko'ra, "Barselona" va Tommi Markes muzokaralar o'tkazdi va futbolchining klubdan ketishi borasida kelishuvga erishdi. "Barsa" o'yinchini qaytarib sotib olish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Yarim himoyachi o'ziga kelib tushgan takliflarni ko'rib chiqmoqda. Ular orasida "Manchester Siti" ham bor, ingliz klubi uni kelajak uchun sarmoya sifatida ko'rmoqda. Ehtimol, u "Siti" bilan shartnoma imzolab, so'ngra o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Jirona"ga ijaraga beriladi.
Biroq, hozirgi vaqtda eng dolzarb variant bu "Braga" hisoblanadi, u yerda Pau Viktor to'p tepadi. Portugaliya klubi bosh murabbiyi Karlos Visens yarim himoyachini o'z loyihasiga qo'shib olmoqchi.
"Borussiya" Dortmund ham Markesga qiziqish bildirmoqda. Nemis klubi "Barsa" bilan yaxshi munosabatlarga ega.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun tizimga kiring.