Brayan Mbemo Maykl Kerrik va jamoa «CHelsi»ga qarshi bahsda o'zlarini oqlay olmadimi degan savolga javob berdi:
«Yo'q, mutlaqo unday emas. O'ylashimcha, dastlabki daqiqalardan bizda to'g'ri kayfiyat bor edi, ammo o'n kishi bo'lib qolganimizdan so'ng, o'ynash ancha qiyinlashdi.
Biz hamon bir-birimizga ishonamiz. Albatta, o'yin natijasi, kamchilikda qolganimizga qaramay, hafsalamizni pir qildi. Biroq, bugun jamoa sifatida bor imkoniyatimizni ishga solganimizga ishonchim komil.
Ehtimol, bizga shunchaki vaziyatlardan foydalanish yetishmadi. Uchrashuv boshida hisobni ochish va oldinga chiqib olish uchun yaxshi imkoniyatlarimiz bo'lgandi. Bu bugungi o'yindan xulosa qila oladigan ijobiy jihatlardan biri».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!