Dimitar Berbatov Joshua Zirkzee va Brayan Mbeumoning o'yinini yuqori baholadi hamda ularning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
🗣️ Dimitar Berbatov:
Zirkzee va Mbeumo sezilarli darajada o'sishga erishmoqda. Ularning o'zaro tushunishi ortib borayotgani ko'rinib turibdi – har ikkisi ham o'ziga bo'lgan ishonchni oshirib, hujumda keskinroq harakat qilmoqda.
Zirkzeening kelajagi borasidagi mish-mishlarga qaramay, uning rivojlanishi yaqqol ko'zga tashlanmoqda va u Kerrik uchun muhim o'yinchiga aylanishi mumkin. Mbeumo esa mavsumga to'liq tayyor ko'rinadi.
Agar ular shu ruhda davom etishsa, "Manchester Yunayted" juda xavfli hujum juftligiga ega bo'lishi mumkin.
🗣️ Dimitar Berbatov Joshua Zirkzeening «Rekshem»ga qarshi o'yindagi harakatlaridan norozi:
«Manchester Yunayted» uni sotib yuborishi va Sheshko uchun sifatliroq zaxira hujumchisini olib kelishi kerak. Men ham tezkor futbolchi bo'lmaganman, lekin bunchalik sekin emasdim. Zirkzee klubni uni olib qolishga ishontiradigan na xohish, na fidoyilik ko'rsatyapti. Aynan shuning uchun «Yunayted» u bilan xayrlashib, kuchliroq forvard topishi kerak. «Manchester Yunayted»da ko'p yillar davomida hujumchilar bilan bog'liq muammo bo'lmagan, ammo oxirgi vaqtlarda bu pozitsiya eng muammoli nuqtalardan biriga aylandi».
Dimitar Berbatov Krishtianu Ronalduning mashg'ulotlardagi qat'iyati va professionalizmi haqida xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
🗣️ Dimitar Berbatov:
«Krishtianu bilan mashg'ulotlar xuddi urushdek edi, chunki u faqat g'alaba haqida o'ylardi — hamma narsada, hatto mashg'ulotlar davomida o'tkazgan o'rtoqlik o'yinlarimizda ham.
Rojdestvo kechalarida futbolchilar vaqtni a'lo darajada o'tkazishardi, lekin hammasi professional darajada qolardi. Men biror marta ham uning hatto shunday kunlarda ham ichganini ko'rmaganman. U o'ziga nisbatan nihoyatda qattiqqo'l edi: mashg'ulotga kelasiz, u esa allaqachon zalda bo'ladi.
Mashg'ulotlardan so'ng u zarbalar ustida qo'shimcha ishlash uchun qolardi, keyin suzishga borardi va yana trenajyor zaliga qaytardi. U eng yaxshisi bo'lish istagi bilan yonardi».
«Hammasi yaqqol ko'rinib turardi: emblema, boy tarix, buyuk futbolchilar, klub afsonalari, sovrinlar, murabbiy, muxlislar, stadion va o'ziga xos muhit».