Erling Xoland charchoq sababli Norvegiya terma jamoasi yig'inini tark etdi. "Manchester Siti" hujumchiga dam olish uchun ruxsat berdi.
❌ Erling Xoland Norvegiya terma jamoasi ixtiyorini shaxsiy samolyotda tark etdi.
✍️ Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi charchoqdan shikoyat qilganidan so'ng, "Manchester Siti" Xolandga bir necha kunlik dam olish imkonini berganini tasdiqladi.
Agar «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar uchun jiddiy sport jazosini olsa, ba'zi yulduz futbolchilar o'z kelajagini qayta ko'rib chiqishlari mumkin.
Agar Xoland ketishga qaror qilsa, «Barselona» vaziyatdan foydalanib qolishga urinib ko'rishi mumkin. Oddiy sharoitda bunday transfer deyarli imkonsiz, ammo «Siti»dagi jiddiy inqiroz vaziyatni o'zgartirishi mumkin.
Le Parisien xabariga ko'ra, Erling Xoland agar "Manchester Siti" Premer-ligadan chetlatilsa, "Arsenal"dan ko'ra "Pari Sen-Jermen"ga o'tishni afzal ko'radi.
Le Parisien xabariga ko'ra, Erling Xoland agar "Manchester Siti" Premer-ligadan chetlatilsa, "Arsenal"dan ko'ra "Pari Sen-Jermen"ga o'tishni afzal ko'radi.
El Mundo nashrining xabar berishicha, Erling Xoland kelajakda o'z faoliyatini "Real Madrid"da davom ettirishni istamoqda.
El Mundo xabariga ko'ra, "Madrid" rahbariyati va Xolandning agenti Rafaela o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi. Norvegiyalik futbolchining o'zi "Real Madrid"ni kelajak uchun afzal ko'rgan variantlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.
Erling Xoland o'z suratidan ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalangani uchun Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasini sudga berdi.
Erling Xoland Norwegian Air Shuttle kompaniyasini sudga berdi. Bunga futbolchining tahrirlangan suratidan uning ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanilgani sabab bo'lgan.
Portugaliya Millatlar ligasi doirasida Norvegiyani mag'lub etdi. Gonsalu Ramush o'yinda gol urib, jamoasining g'alabasiga hissa qo'shdi.
Gonsalu Ramush yana Portugaliya safida gol urmoqda!
Portugaliya Millatlar ligasini Norvegiya ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshladi — Oslo shahridagi bahs 2:1 hisobida yakunlandi.
⚽ Joau Feliks ⚽ Gonsalu Ramush ⚽ Erling Xoland
«Milan» forvardi 54-daqiqada Norvegiya darvozaboni Nyulandning qo'pol xatosidan so'ng gol urdi. Ramush vaziyatni tezda anglab yetdi va chiroyli tarzda to'pni darvozabon ustidan oshirib tashladi.
Keyinchalik u dubl qayd etishi ham mumkin edi! Gonsalu urgan ikkinchi gol ofsayd sababli bekor qilindi. O'yin so'ngida esa Portugaliya vakillari Rafael Leau zarbasidan keyin to'sinni poylashdi.
Shunga qaramay, portugaliyaliklarning hujumdagi asosiy qahramoni aynan Ramush bo'ldi.
Ko'rinishidan, Gonsalu yana sport formasini tiklab olmoqda. «Milan»da ham xuddi shunday samaradorlikni kutib qolamiz.
Real Madrid Manchester Siti atrofidagi sud jarayonini kuzatmoqda. Klub raqib tarkibidagi olti nafar futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Kataloniya OAV xabariga ko'ra, "Madrid" "Manchester Siti" klubiga nisbatan moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlik bo'yicha olib borilayotgan sud jarayonini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Xususan, "qaymoqranglilar" qat'iy sanksiyalar "shaharliklar" tarkibidagi ba'zi o'yinchilarni qo'lga kiritishni osonlashtirishi mumkin deb hisoblaydi. "Siti"ning hozirgi tarkibida "Real Madrid" avvalroq qiziqish bildirgan olti nafar futbolchi bor:
Defensa Central xabariga ko'ra, "Manchester Siti"ga nisbatan sanksiyalar qo'llanilsa, "Real Madrid" bir qator futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Defensa Central xabariga ko'ra, agar "Manchester Siti"ga nisbatan ehtimoliy sanksiyalar tasdiqlansa, madridliklar quyidagi futbolchilar transferini ko'rib chiqishi mumkin:
Govard Uebb VAR-arbitri Mett Donaxyu Erling Xolandning golini hisobga olganida xatoga yo'l qo'yganini va «tunnel ko'rish» holati yuz berganini ta'kidladi.
Govard Uebb VAR-arbitri Mett Donaxyu Erling Xolandning golini hisobga olganida, «tunnel ko'rish» (diqqatning bir nuqtaga jamlanib qolishi) holatiga yo'l qo'ygan deb hisoblaydi:
«U butun diqqatini Xolandga qaratdi, boshqa hakamlar esa uning e'tiborini epizodning boshqa detallariga qaratishi kerak edi. Afsuski, bu sodir bo'lmadi».
Ueyn Runi Manchester derbisidagi o'yin va Xolandning goli haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ueyn Runi:
Menimcha, Manchester Yunayted tanaffusgacha yaxshiroq ko'rindi va Siti'dan ustunroq o'ynadi, ammo ular juda ko'p jarima zarbalarini sovg'a qilishdi va o'yin sur'atining pasayishiga yo'l qo'yishdi – bu esa Siti'ning qo'l keldi.
Siti gol urishi bilan o'yinni nazoratga oldi, Yunayted'ga esa ayniqsa hujumning yakuniy qismida mahorat yetishmadi.
Xolandning golini hisobga olmaslik kerak edi. Ammo Siti hisobda oldinga o'tib olgach, tajriba evaziga Yunayted'ni butunlay bo'g'ib qo'ydi. Ular o'z darvozalari oldida bitta vaziyatga yo'l qo'yishdi va umuman ojiz ko'rinishmadi.
Maykl Ouen Xolandning goli va VAR qarori bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
🗣️ Maykl Ouen Xolandning goli haqida:
«Bu Enso ofsayd holatida ekanligi va u to'pga tegishga urinayotgani juda aniq. Bu haqiqatan ham yomon qaror, chunki «Manchester Yunayted» VAR'ning qo'pol xatosi tufayli yaralarini davolashga majbur bo'ladi».
Pro Ref VAR tizimi Xolandning goli vaqtida Enzo Fernandesning ofsayddagi ta'sirini inobatga olmaganini va bu xatolik ekanligini tan oldi.
Xolandning goli bekor qilinishi kerak edi!
Pro Ref VAR Enzo Fernandesning ofsaydda turgan holatdagi ta'sirini inobatga olmaganini ma'lum qildi.
Aniqlanishicha, Enzo Fernandes to'pga o'ynamagan va shu sababli ofsayd holati subyektiv tus oladi. Biroq, ushbu vaziyatda VAR uning pozitsiyasi ta'sirini hisobga olmagan va maydondagi takroriy lavhani ko'rib chiqishni tavsiya qilishi kerak edi.
Bugun kechqurun biz «Manchester Yunayted» bilan bog'lanib, hakamlik qarorida xatolik yuz berganini tan oldik.
Erling Xoland «Oltin to'p» sovrini va Kilian Mbappening o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Erling Xoland «Oltin to'p» sovrini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Etu mukofotni dunyoning eng yaxshi futbolchisi olishi kerak. Ajoyib mavsumni o'tkazgan futbolchilar bor. Masalan, Mbappe gol uradi, o'yin taqdirini hal qiladi va o'z jamoasiga kerak bo'lgan pallada maydonda paydo bo'ladi. Buni e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi.
Jessi Marsh «Manchester Siti» atrofidagi moliyaviy mojarolar haqida fikr bildirdi va klubni quyi ligaga tushirib yuborish kerakligini aytdi.
Menimcha, «Manchester Siti»ni to'liq jazolash kerak. O'ylashimcha, ularni quyi ligaga tushirib yuborish lozim. Va aytgancha, hamma hamma narsani bilardi. Mutlaqo hamma.
2022-yilning yozida faqat «Lids» va «Man Siti» transfer oynasini foyda bilan yakunlaganini e'lon qilgandi. Biz haqiqatan ham «plyus»ga chiqqanmiz, chunki Rafinya va Fillipsni sotgan edik. Barcha xaridlarni hisobga olgan holda, bizda baribir balansda yaxshigina mablag' qolgandi. O'shanda «Lids» tejashga majbur bo'lmagan holatda emasdi. Egalarining cho'ntagi cheksiz emasdi.
Ammo «Siti» ham xuddi shunday bayonot berganida… Men o'shanda shunchaki o'yladim: «Sizlar hazillashyapsizmi? Bu qanaqa hazil?». Ular Erling Xolandni 52 million funtga sotib olganini e'lon qilganida, bu xuddi: «Ha, albatta, albatta», degandek ko'ringandi.
Men bularning barchasida yaqqol nomuvofiqliklar borligini tushunardim. Ammo bunday vaziyatda nima ham qila olardingiz? Shunchaki qo'l siltab: «Futbol shunaqa», deb qo'ya qolasiz.
Jessi Marsh Guardian nashriga bergan intervyusida.
El Mundo jurnalisti A. Romero xabariga ko'ra, "Real Madrid" "Manchester Siti" atrofidagi vaziyatdan kelib chiqib, Erling Xolandning transferi bo'yicha ish olib bormoqda.
📰 A. Romero (El Mundo jurnalisti): "Madrid" vakillari doimiy ravishda Xolandning agentlari bilan aloqada.
So'nggi bir hafta ichida "qaymoqranglilar" forvardning atrofdagilari bilan bog'lanib, "Manchester Siti"ning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilishi 26 yoshli norvegiyalik futbolchining kelajagiga qanday ta'sir qilishi mumkinligini bilishga harakat qilishdi. "Madrid"ga javoban: "Kutish kerak, chunki nima bo'lishini bilmaymiz", deya javob berishdi.
"Madrid"da "shaharliklar"dan ochkolar olib tashlanishi yoki Chempionshipga tushirib yuborilishi Xolandning klubdan ketishi uchun eshikni ochishi mumkinligini tushunishmoqda. Shu bilan birga, futbolchining "Manchester Siti" bilan shartnomasida tovon puli belgilanmagan".
«Inter» himoyachisi Yann Bisseck o'z o'yini, kumirlari va Erling Xolandga qarshi kurashish qiyinligi haqida gapirdi.
Yann Bisseck: «Men ko'p jihatdan yaxshilanishim mumkin, men umuman mukammal emasman. Himoyachi sifatida kimni namuna olaman? Aslida men Tyerri Anrini juda yaxshi ko'rardim, hujumchi bo'lishni xohlardim. Ammo himoyachilar orasida Jerom Boateng juda kuchli edi, Varan ham. 12-13 yoshimda ular cho'qqida edilar.
Men uchun eng qiyin hujumchi? Eng qiyinlari — to'pga ko'p tegishga ehtiyoji bo'lmaganlar. Men Xolandni o'ylayman: u 89 daqiqa davomida to'p bilan uchrashmasligi mumkin, keyin uch marta to'pga tegib, xet-trik qayd etadi. Uni «yopib qo'ydim» deb o'ylaysan, lekin bitta xato va o'yinda mag'lub bo'lasan.
Noel Gallagher «Manchester Siti»ning quyi ligaga tushib ketishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
Noel Gallagher «Manchester Siti»ning divizionda quyi ligaga tushib ketishi ehtimoli haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Qani, urinib ko'ringlar. Men bu klub bilan shunday tubanliklarni ko'rganmanki, sizlar tasavvur ham qila olmaysizlar. Hatto bu klubga Ugandada yopiq eshiklar ortida 1500 ta o'yin o'tkazishga to'g'ri kelsa ham, men baribir u yerda bo'laman. Biz bilan birga uchinchi divizionni boshdan kechirgan erkaklar ham xuddi shunday javob berishadi. Agar siz 15 yil oldingi homiylik shartnomalari tufayli ketma-ket qo'lga kiritilgan 4 ta chempionlik, Istanbul va qolgan barcha narsalar endi hech narsani anglatmaydi, klubni yer bilan yakson qilish kerak, muxlislarini esa Shimoliy Koreyaga surgun qilish kerak deb hisoblasangiz, demak siz shunchaki isterikadagi odamsiz. Biz «Manchester Siti»ga Abu-Dabi, Gvardiola, Xoland yoki Aguero uchun muxlislik qilmayapmiz. Biz «Manchester Siti»ga muxlislik qilamiz, chunki bu bizning kimligimizdir».
Erling Xoland Norvegiya terma jamoasi matbuot anjumanida ishtirok etmaydi. Norvegiya terma jamoasi futbolchini klubdagi vaziyat haqidagi savollardan himoya qilmoqchi.
Erling shanba kuni jurnalistlar bilan muloqot qilishi kerak edi, biroq Norvegiya terma jamoasi so'nggi daqiqada qarorini o'zgartirdi. Bu "Manchester Siti" hujumchisini klubdagi vaziyat bo'yicha beriladigan savollardan himoya qilish uchun qilindi.
Archivo VAR tahliliga ko'ra, Erling Xolandning goli ofsayd sababli bekor qilinishi kerak edi.
«MYU»ga nisbatan adolatsizlik qilindi – Xolandning goli bekor qilinishi kerak edi – Archivo VAR
Enso Fernandes oldinda bo'la turib, to'pga o'ynashga harakat qilmoqda va bu bevosita Lisandro hamda Lammensga ta'sir o'tkazmoqda. BU AKTIV OFSAYD! Golni Xoland tufayli emas, aynan Enso sababli bekor qilishlari kerak edi.
Maykl Kerrik o'yindan so'ng jamoaning o'yini, hakamlik qarorlari va muxlislar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Maykl Kerrik o'yindan so'ng:
Erling Xolandning goli haqida:
«Qanday qilib u [Enso Fernandes] o'yin borishiga ta'sir qilmadi, deyish mumkin — men buni tushunmayapman... Bu shunchaki hayratlanarli».
Raqib kamchilik bo'lib qolgani haqida:
«Raqib o'n kishi bo'lib qolganidan keyin, aynan biz vaziyatlar yaratib, gol urishimiz kerak edi. Bizda imkoniyatlar bo'ldi. Ikkinchi bo'limni yomon boshlamadik deb o'ylayman, shuning uchun tarkiblar teng bo'lganida yaxshiroq o'ynadik deb aytmagan bo'lardim.
O'yin boshida ko'p narsani to'g'ri qildik. O'yinga kirishib, xavfli vaziyatlar yaratdik. Biroq, hozir buning ahamiyati yo'q. Biz buni shunchaki qabul qilib o'tirmaymiz. Jamoa sifatida g'alabalarga qaytishimiz kerak».
Jamoa haqida:
«Biz yaxshi jamoamiz. Biz yana g'alaba qozonishni boshlaymiz».
Kerrikka klublar ba'zida PGMOL'dan uzr so'ralgan xatlar olishi aytilganda:
«Buni intiqlik bilan kutaman».
O'yinchilar haqida:
«Men o'yinchilarni qattiq tanqid qila olmayman va buni qilmayman ham. Bugun bizga kerakli narsani topa olmadik».
Noroziliklar haqida:
«Men muxlislarni albatta qadrlayman. Biz ularni xursand qilish uchun qo'limizdan kelganini qilmoqchimiz. Ular ushbu futbol klubining eng muhim qismi. Men ularni hech qachon shunchaki bor deb qabul qilmayman».
Demetrio Albertini Italiya klublarining rivojlanish yo'li va futbol falsafasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida Demetrio Albertini «Milan» o'z o'ziga xosligini qanday shakllantirayotgani haqida fikr bildirdi:
Italiya klublari endilikda Messi, Xoland yoki Mbappe kabi yulduzlarni o'z safiga qo'shib olishga qodir emasligi sababli, bizga har qachongidan ham ko'ra hissiyotlarga boy futbol kerak va buning uchun vaqt talab etiladi. Ular o'z yo'lini qurishi kerak. Bu jarayon vaqt va ishonchni talab qiladi.