🗣️ Toni Kroos — «Real Madrid» futbolchilari haqida:
⚪Arda Guler haqida:
Arda bilan Kilian Mbappe o'rtasida ajoyib o'zaro tushunish bor.
⚪Mbappe va Vinisius haqida:
Har qanday yarim himoyachi uchun oldingi chiziqda Kilian va Vinisius kabi futbolchilarning bo'lishi — haqiqiy sovg'a. Ularning qadr-qimmatini baholab bo'lmaydi. Ular shunchalik tezkorlarki, himoyachidan uch qadam oldinlab ketishga qodir.
⚪PSJ haqida:
Muayyan sabablarga ko'ra, «Pari Sen-Jermen» o'zining uchinchi Chempionlar ligasi sovrinini yutishini istamasdim.
⚪Vinisius va Kanselu qarama-qarshiligi haqida:
Vinisiusning Joau Kanselu bilan to'qnashuvini ko'rish qiziqarli bo'lardi. Portugaliyalik futbolchi o'z ortida ko'p bo'sh joy qoldiradi va Vini bundan foydalanib, unga jiddiy muammolar tug'dirishi mumkin edi.
⚪Vinisiusning o'yini haqida:
Xavfli bo'lish uchun Vinisiusga doim ham yuqori texnika ko'rsatish shart emas. Ammo u Dembele va Bellingem kabi himoyaviy harakatlarda faolroq ishtirok etishi kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!