Maykl Kerrik: "Yosh futbolchilarning imkoniyatlardan foydalanishini ko'rish yoqimli"
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●● Matbuot 👁 23

Maykl Kerrik: "Yosh futbolchilarning imkoniyatlardan foydalanishini ko'rish yoqimli"

🗣️Maykl Kerrik o'yindan so'ng:

o'yin tanaffusida futbolchilarga nima degani haqida:

"Yigitlarga aytdim: bitta gol ursak, bu stadiondagi muhit butunlay o'zgaradi. Men buni bir necha bor kuzatganman va bugun ham shuni ko'rishga umid qilgandim.

Aynan shunday lahzalarda chinakamiga o'zgacha futbol oqshomlari dunyoga keladi".

Maykl Kerrik — Shey Leysining assisti haqida:

"Shey uchun juda xursandman. Bu yigitni juda yaxshi ko'raman. Uning ulkan iqtidori va o'zini ko'rsatishga bo'lgan kuchli istagi bor. U shunchaki ajoyib uzatmani amalga oshirdi.

Mateus [Kunya] to'pni uzoq oyog'i bilan juda yaxshi qabul qilib oldi. Ikkinchi bo'limda biz uni markazga yaqinroq joylashtirdik, Brayan [Mbemo]ni esa o'yin balansini yaxshilash uchun chap qanotga o'tkazdik.

Sheyni jamoada juda yaxshi ko'rishadi va jamoadoshlari unga katta hurmat bilan qarashadi. U har doim imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga intiladi.

Uchrashuv yakunida unga hatto o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynashga to'g'ri keldi. O'yindan so'ng bu borada u bilan biroz hazillashdim.

Ammo bu uning jamoa uchun hamma narsaga tayyorligini ko'rsatadi. Ayniqsa, yosh futbolchilarning berilgan imkoniyatlardan foydalanishini kuzatish juda yoqimli. Murabbiy uchun bundan ortiq narsa bo'lmasa kerak".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!