🚨 Manchester United'ning olti nafar futbolchisi ertaga kechqurun ilk bor Chempionlar ligasida maydonga tushishi mumkin.
Turnirda debyut qiladigan har bir o'yinchi UEFA'ning maxsus nishoni bilan maydonga tushadi. Uchrashuvdan so'ng ushbu nishon yechib olinadi va 1/1 formatidagi noyob Topps kolleksion kartochkasiga joylashtiriladi.
Brayan Mbyumo, Patrik Dorgu, Eyden Xeven, Karl Darlou, Dermot Mi va Taynan Tompson debyut qilishga da'vogar. Biroq, ularning oxirgi uchtasi katta ehtimol bilan zaxira o'rindig'ida qoladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!