Manchester United Matthijs de Ligtga ishonch bildirmoqda
Daily Mail xabariga ko'ra, Manchester Yunayted rahbariyati jarohatlar sabab uzoq vaqt maydonga tusha olmagan Matthays de Ligtga ishonch bildirishda davom etmoqda.
🗣️ Kris Uiler, Daily Mail:
«Manchester Yunayted»da Matthays de Ligtning kelajagiga shubha yo'q, garchi himoyachi jarohati sabab deyarli bir yilni o'tkazib yuborgan bo'lsa ham.
Klubda hamon niderlandiyalik futbolchiga ishonishadi va uni jamoaning muhim qismi deb hisoblashadi. Maydondagi uzoq muddatli tanaffus rahbariyatning o'yinchi haqidagi qarashlarini o'zgartirmadi».