Endi Mitten: "Manchester Yunayted"ning transfer ustuvorliklari ma'lum
Endi Mitten "Manchester Yunayted"ning transfer rejalari va Markus Reshfordning kelajagi haqida fikr bildirdi.
🗣️ Endi Mitten:
Men tarkibda yana bir hujumchini ko'rishdan xursand bo'lardim, biroq hozirda "Manchester Yunayted" bu pozitsiyani kuchaytirishni asosiy vazifalardan biri deb hisoblayotgani yo'q.
Men tushunganimdek, hozirgi vaqtda asosiy ustuvorliklar — markaziy yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi, garchi hammasi hali o'zgarishi mumkin bo'lsa-da. Menga ma'lum qilishlaricha, Markus Reshfordning klubda qolishi va jamoa safida yana maydonga tushishi ehtimoli taxminan 80 foizga baholanmoqda. Uch oy oldin men bunday ssenariyni hatto ko'rib ham chiqmagan bo'lardim.