Roberto De Zerbi Dominik Solanke haqida:
«Hozir hujumchilar orasida Solankedan yaxshiroqlari kam. Bugun u sardor bo'ldi, chunki bunga loyiq edi — ayniqsa hozir, u "Tottenxem" gol ura olmayotgani va g'alaba qozona olmayotganidan xavotirda. U ajoyib yigit va ajoyib o'yinchi, biz uni qo'llab-quvvatlaymiz».
Roberto De Zerbi:
«O'ylaymanki, biz kuchli jamoaga qarshi juda yaxshi o'yin o'tkazdik.
Birinchi bo'limda gol urish uchun ko'plab vaziyatlarimiz bo'ldi. Uch yoki to'rt marta.
Ikkinchi bo'limda bunday darajadagi jamoaga qarshi qiyinchiliklarga duch kelish tabiiy. Men juda mamnunman, chunki to'g'ri kayfiyat va xarakterni ko'rdim».
Roberto De Zerbi Rodrigo Bentankurning qizil kartochkasi haqida:
«O'yinda bizga qiyin bo'ldi, ayniqsa turli o'yin vaziyatlarida. Menga chetlatishdan keyin qanday harakat qilganimiz yoqdi. Bizga bunday tajriba kerak. Biz mag'lubiyat bilan kelishib qolmadik. Biz barcha imkoniyatlar bilan javob qaytarishimiz kerak. Kiyinish xonasida men Bentankurni quchoqlab qo'ydim. Futbol — bu xarakter».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!