#Deniel Levi — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Dele Alli Daniel Levi bilan munosabatlari haqida gapirdi

Dele Alli Daniel Levi bilan munosabatlari haqida gapirdi

Dele Alli Daniel Levi bilan bo'lgan sovuq munosabatlari va klubdagi o'ziga bo'lgan munosabat haqida gapirdi.

Dele Alli Daniel Levi bilan bo'lgan yomon munosabatlari haqida gapirib berdi:

«Rostini aytsam, men va Levi oxirgi bir yil davomida gaplashmadik, bir-birimizga bir og'iz ham so'z aytmadik.

Albatta, u menga bergan imkoniyatlari uchun minnatdorman.

Ammo faoliyatimda shunday bir lahza bo'ldiki, bir voqea yuz berdi va u menga shaxs sifatida, inson sifatida uning uchun baribir ekanligini ko'rsatib qo'ydi».

Daniel Levi "Tottenham"dagi ulushini sotishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda

Daniel Levi "Tottenham"dagi ulushini sotishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda

Daniel Levi "Tottenxem"dagi ulushini sotish bo'yicha muzokaralarda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Klubning sobiq raisi Daniel Levi hali ham "Tottenxem"dagi o'z ulushini sotish jarayonida.

Bitim istalgan vaqtda yakunlanishi mumkin, biroq vaziyatdan xabardor kishilarning aytishicha, muzokaralar qiyinchiliklarga duch kelgan.

Ammo Levining "Tottenxem"dagi ulushi asta-sekin kamayib bormoqda. Lyuislar oilasi "Tottenxem"ga yana 120 million funt sterling sarmoya kiritdi. Bu avvalgi yildagi 200 million funtlik investitsiyalardan keyin yuz berdi.

Ving Fay Ng, Richard Tsay va Levi vaziyat bo'yicha izoh berish so'rovlariga javob bermadilar. Biroq, Levining pozitsiyasidan xabardor shaxs uning Tsayning ishtirokini hisobga olgan holda bitim yakunlanishiga hamon ishonchi komil ekanligini ma'lum qildi.

Vaziyatdan xabardor kishilarning so'zlariga ko'ra, har ikki tomonning huquqshunoslari pul o'tkazish usullari kabi tafsilotlarni muhokama qilishda davom etmoqda. Ng bir necha bor mablag'ni o'tkazishga va'da bergan, biroq yuzaga kelgan murakkabliklar tufayli to'lov kechiktirilgan.

Javob tariqasida Levi kechikish uchun foizlar to'lashni talab qila boshladi va hatto kompensatsiya tarkibiga xususiy samolyotni ham kiritishni so'radi, deb ta'kidlaydi manbalardan biri.

Levi uchun bitimning cho'zilishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Lyuislar undan o'z ulushini saqlab qolish uchun klubga pul tikishni so'rashgan.

Hozircha Daniel Levi "Tottenxem" raisi lavozimini tark etganida 27 million funt sterling kompensatsiya oldi. Bu Premer-ligadagi ikkinchi eng yirik to'lov bo'lib, 2022 yilda egalari almashganidan keyin "Chelsi" tomonidan Marina Granovskayaga to'langan 35 million funt sterlingdan keyingi o'rinda turadi.

"Tottenxem"dagi butun faoliyati davomida Levi maosh, bonuslar va boshqa to'lovlar hisobiga qariyb 61 million funt ishlab topgan. 27 million funtlik nafaqa bilan birga bu taxminan 88 million funtni tashkil qiladi.

Deniel Levi "Tottenhem"dagi ulushini kamaytirishi mumkin

Deniel Levi "Tottenhem"dagi ulushini kamaytirishi mumkin

Deniel Levi "Tottenhem"dagi aksiyalarini sotib olish muddatini o'tkazib yubordi. U endi basketbol ligasiga sarmoya kiritishi kutilmoqda.

"Tottenhem" klubi boshqaruv kengashining sobiq raisi Deniel Levi klubdagi o'z ulushining bir qismini yo'qotishi mumkin. U aksiyalarning qo'shimcha emissiyasida ishtirok etish uchun belgilangan muddatni o'tkazib yubordi.

Leviga o'z ulushini ENIC kompaniyasidagi taxminan 29 foiz darajasida saqlab qolish uchun 60 kunlik muddat berilgandi. U moliyaviy majburiyatlarga rozi bo'lgan bo'lsa-da, belgilangan vaqt ichida o'z ulushini kiritishga ulgurmadi.

Katta ehtimol bilan, u barcha mablag'larini qiymati 1 milliard dollarga teng bo'lgan yangi Yevropa basketbol ligasining London franshizasini qo'lga kiritishga yo'naltirishga qaror qilgan.

Sky News xabariga ko'ra, Levi Liberty Global va MSP Sports Capital kompaniyalari bilan birgalikda NBA'ning London franshizasi uchun da'vogarlar qatorida turibdi.

Lyuislar oilasi ham ushbu konsorsium tarkibiga kiradi va ular NBA Europe huquqi uchun Deniel Leviga raqobatchi bo'lishadi. Lyuislar o'z navbatida MLS'ning "Real Solt-Leyk" va NHL'ning "Sent-Luis Blyuz" klublariga egalik qilgan Cheketslar oilasi bilan birlashgan.

O'ng ustun yangiliklari

Jeyms Meddison: «Tottenxem»ga o'tishim to'g'ri qaror edi»

Jeyms Meddison: «Tottenxem»ga o'tishim to'g'ri qaror edi»

Jeyms Meddison «Lester»dan ketishi, «Tottenxem»ga o'tishi va bosh murabbiy Enj Postekoglu bilan ishlash tajribasi haqida gapirib berdi.

Jeyms Meddison «Lester»ning quyi ligaga tushib ketishi haqida:

«Juda og'ir lahza va «Lester»dagi vaqtimni yakunlashning og'ir usuli — bunday ketishni hech kim xohlamaydi. Ammo o'sha mavsumda bizni saqlab qolish uchun qo'limdan kelganini qildim. Bu yetarli bo'lmadi: jamoa sifatida biz shunchaki yetarlicha yaxshi emasdik.
Biz uddalay olmadik, juda tez-tez yomon o'ynadik — ba'zida futbol shunchalik oddiy bo'ladi.
Bu juda tushkunlikka soladigan, juda og'ir lahza edi. Hech qachon bilmaysan — balki hammasi bejiz emasdir. O'zim bunga 100% ishonchim komil emas, garchi odatda aynan shunday deb o'ylasam ham».

«Tottenxem»ga o'tishi haqida:

«Keyin «Tottenxem»ga o'tish imkoniyati paydo bo'ldi. Balki, agar biz APLdagi o'rnimizni saqlab qolganimizda ham bu imkoniyat tug'ilarmidi, ammo yakunda hammasi aynan shunday kechdi.
Va mana men Deniel Levi va Enj Postekoglu bilan telefonda gaplashib o'tiribman va o'ylayapman: «Voy-buy, «Tottenxem» — katta klub!». Menda doim «Tottenxem»ga nisbatan alohida xayrixohlik bo'lgan. Men doim o'zimni bu jamoa o'yinchisi sifatida tasavvur qila olganman.
Menga u yerda o'z o'rnim borligidek tuyuldi. Shunchaki bu to'g'ri qadam ekanini his qildim».

Enj Postekoglu haqida:

U: «Men har doim ikkinchi mavsumda g'alaba qozonaman», deganida, yigitlar bilan kiyinish xonasida o'yladik: «O'lsin, demak, endi biz albatta g'alaba qozonishimiz kerak».
Mavsum oxiriga yaqin ayniqsa meni, van de Ven va Romeroni Premer-liga o'yinlaridan ozod qilishardi, toki biz payshanbaga tayyor bo'laylik.
Enj g'olib edi va har doim g'alaba qozonish yo'lini topardi. U bizga doim o'zining g'olib ekanini, hech qachon o'zida shubhalanmaganini aytardi: «Men g'olibman, hamma yerda g'alaba qozonganman». Yakunda biz Bilbaoda sovrinni qo'lga kiritdik. U ajoyib inson, men uni juda hurmat qilaman».

Jeyms Meddison:

Men har qachongidan ham motivatsiyaga to'laman, rostini aytsam. «Tottenxem»da hali ko'p narsani isbotlashim kerakligini his qilyapman. Men yuqori saviyadaman va shunchaki formada bo'lishni hamda mavsumning katta qismida o'ynashni istayman, toki odamlarga qanday o'yinchi ekanimni eslatib qo'yay. Maydonga: «Bugun maydondagi eng yaxshisi men bo'laman», degan o'y bilan chiqaman.