Ange Postecoglou istefosi haqida: Daniel Levi bilan uchrashishni istamagandim
Тоттенхэм • Spurs ↗ ●●●●● Matbuot 👁 17

Ange Postecoglou istefosi haqida: Daniel Levi bilan uchrashishni istamagandim

🎤Ange Postecoglou Yevropa ligasidagi g'alaba sharafiga o'tkazilgan parad vaqtidayoq ishdan bo'shatilishini bilganini va hatto klub rahbariyatiga qarata fikrlarini aytib o'tishni o'ylaganini so'zlab berdi:

«Bu kun men uchun juda ajoyib edi. Hatto nutqim davomida ham ichimda ba'zi odamlarga qarata gapirib o'tish istagi bor edi. Ular bu kundan zavqlanishayotganini ko'rib turardim, vaholanki, nimalar qilishmoqchi ekanliklarini allaqachon bilardim.
Ammo o'zimga: «Odamlarning kayfiyatini buzish noto'g'ri», dedim. Garchi barchasi sodir bo'lishini bilsam ham».

🎤Ange Postecoglou Daniel Levi uni ishdan bo'shatish haqida xabar bermoqchi ekanligini tushungach, u bilan uchrashishdan bosh tortdi:

«Agentim: «Daniel Levi qaytishingni va u bilan uchrashishingni istayapti, u senga gapirib qo'ymoqchi», dedi.
Men Gretsiyada edim va: «Mayli, samolyotga o'tirib qaytaman», dedim.
Lekin u: «Daniel seni ko'rmoqchi», dedi. Men esa: «U bilan uchrashishni unchalik ham istamayman. U menga nima deydi? Nima demoqchi ekanligini bilaman. Agar bu xushxabar bo'lganida, ta'tilimni davom ettirardim», deb javob berdim.
Shuning uchun: «Xavotir olma, shunchaki bu ishni yakuniga yetkaz — va shu bilan tamom», dedim. Hammasi shunday yakun topdi».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!