Ange Postecoglou Al Nassrning o'yindagi vaziyatlardan foydalana olmagani haqida fikr bildirdi.
Al Nassr o'yin davomida ko'plab imkoniyatlarni boy berdi. Ushbu muammoni qanday hal qilasiz?
Ange Postecoglou: "Biz ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo gol urish oson kechmadi. Shunga qaramay, bunchalik ko'p imkoniyat yarata olganimiz yaxshi belgi."
Ange Postecoglou ishdan bo'shatilishini bilganidan so'ng Daniel Levi bilan uchrashishdan bosh tortdi.
Ange Postecoglou Daniel Levi bilan uchrashishdan bosh tortdi, garchi u o'zining ishdan bo'shatilganini allaqachon bilar edi. 😳
Agenti Angega Levi ta'tildan qaytib, uchrashuvga kelishini xohlayotganini aytganida, avstraliyalik murabbiy ochiqchasiga javob berdi:
Men aytdim: u bilan uchrashishni xohlamayman. U menga nima deydi? U nima demoqchi ekanligini allaqachon bilaman. Agar bu yaxshi xabar bo'lganida, men shunchaki ta'tilimni davom ettirgan bo'lardim.
Natijada, Postecoglou agentidan shunchaki shaxsiy uchrashuvsiz hammasini yakunlashni so'radi va shu bilan ularning Tottenhamdagi tarixi nihoyasiga yetdi. ❌
Ange Postecoglou Yevropa ligasidagi g'alabadan so'ng ishdan bo'shatilishini bilgani va Daniel Levi bilan uchrashishdan bosh tortgani haqida gapirib berdi.
🎤Ange Postecoglou Yevropa ligasidagi g'alaba sharafiga o'tkazilgan parad vaqtidayoq ishdan bo'shatilishini bilganini va hatto klub rahbariyatiga qarata fikrlarini aytib o'tishni o'ylaganini so'zlab berdi:
«Bu kun men uchun juda ajoyib edi. Hatto nutqim davomida ham ichimda ba'zi odamlarga qarata gapirib o'tish istagi bor edi. Ular bu kundan zavqlanishayotganini ko'rib turardim, vaholanki, nimalar qilishmoqchi ekanliklarini allaqachon bilardim.
Ammo o'zimga: «Odamlarning kayfiyatini buzish noto'g'ri», dedim. Garchi barchasi sodir bo'lishini bilsam ham».
🎤Ange Postecoglou Daniel Levi uni ishdan bo'shatish haqida xabar bermoqchi ekanligini tushungach, u bilan uchrashishdan bosh tortdi:
«Agentim: «Daniel Levi qaytishingni va u bilan uchrashishingni istayapti, u senga gapirib qo'ymoqchi», dedi.
Men Gretsiyada edim va: «Mayli, samolyotga o'tirib qaytaman», dedim.
Lekin u: «Daniel seni ko'rmoqchi», dedi. Men esa: «U bilan uchrashishni unchalik ham istamayman. U menga nima deydi? Nima demoqchi ekanligini bilaman. Agar bu xushxabar bo'lganida, ta'tilimni davom ettirardim», deb javob berdim.
Shuning uchun: «Xavotir olma, shunchaki bu ishni yakuniga yetkaz — va shu bilan tamom», dedim. Hammasi shunday yakun topdi».